AQŞning Şimoliy Karolina ştatida portlovçi zaryadlarni qöllaşni maşq qiliş maşğulotlari vaqtida bir harbiy halok böldi, yana 7 nafari jarohat oldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Voqea 14 sentabrda AQŞ qurolli kuçlarining Fort-Bregg bazasida yuz bergan. Harbiylar portlaş oqibatida jabrlanganlar va şifoxonaga yetkazilganlar, ulardan biri olingan jarohatlardan halok bölgan.
Voqea tafsilotlari ma'lum qilinmayapti. Baza qömondonligi uşbu holat yuzasidan tergov olib borilişini ma'lum qilgan.
Şunga öxşaş köngilsiz voqea 13 sentabrda AQŞ dengiz piyoda qöşinlari korpusining 15 nafar harbiysi bilan yuz bergandi. Kaliforniya ştatidagi Kemp-Pendlton bazasidagi maşğulotlar vaqtida noma'lum sabablarga köra harbiylar bölgan amfibiya-tank yonib ketgan. Buning oqibatida harbiylar jarohat olgan.












