Rossiyada işlab çiqarilgan Su-30 yoki Su-27 qiruvçi samolyoti AQŞning Nevada ştatida joylaşgan Edvards aviabazasining “51-hudud” deb nomlangan bölinmasi yaqinida falokatga uçradi.

Aviation Week ma'lumotlariga köra, voqea yuz bergan joydan 160 km uzoqlikda Nellis aviabazasi ham joylaşgan. 

Falokat oqibatida Red Hat harbiy bazasidan maşğulot parvozini amalga oşirgan samolyot uçuvçisi, podpolkovnik Erik Şults halok bölgan. Uning ölimi AQŞ harbiy-havo kuçlari tomondan rasman tasdiqlangan.

OAVning ma'lum qilişiça, halok bölgan uçuvçi xorijiy texnikani sinovdan ötkazuvçi “Agressor” eskadrilyasiga boşçilik qilgan. Boşqa ma'lumotlarga köra, eskadrilya bölinmalari maşğulotlar vaqtida duşman rolini ijro etadilar va odatda, taxminiy raqib aviatsiyasi rangiga böyalgan va taniş belgilariga ega bölgan, AQŞda işlab çiqarilgan samolyotlardan foydalanişadi.

Aviafalokat sabablari hali örnatilmagan.

Su-30 samolyotlari Hindiston, Indoneziya, Xitoy va Qozoğistonga yetkazib beriladi. Ayni vaqtda AQŞ ulardan qaysi biridan samolyotni sotib olgani noma'lum. Biroq AQŞ 1996 yilda Belarusdan Su-27 samolyotini xarid qilgan.

Bundan taşqari, Red Hats maxfiy bölinmasi tarkibida Rossiyada işlab çiqarilgan turli jangovar samolyotlar, misol uçun, MiG-29 va Su-27P bor.