«Barselona» yarim himoyaçisi Usmon Dembele Ispaniya çempionatining 4-turida «Xetafe»ga qarşi öyinda olgan jarohat juda jiddiy bölib çiqmoqda. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan.

20 yoşli futbolçi çap oyoğining son qismidagi muşaklaridan biri uzilib ketgan.

Dembele jarohatdan töliq foriğ bölişi uçun 3,5-4 oy talab etişi kutilmoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda uşbu futbolçi 3 hafta maydonga tuşa olmasligi aytilgandi.

Eslatib ötamiz, Dembele yozgi transferlar vaqtida «Barselona»ga Dortmundning «Borussiya» klubidan kelib qöşilgandi. Uning transferi uçun kataloniyaliklar jamoasi 105 mln yevro mablağ tölagan va qöşimça bonuslar va'da qilgan.