Germaniya bundesligasining 4-turidan örin olgan barça uçraşuvlar yakuniga yetdi. Sönggi ikki uçraşuvda yirik hisoblar qayd etildi.

Dortmundning «Borussiya»si «Kyoln»ni qabul qilib, Filipp va Obameyangning dubllari evaziga 5:0 hisobida ğalaba qozondi. Bu uçraşuvdan söng «Borussiya» 2001/2002 yilgi mavsumdan buyon ilk marta bundesliganing dastlabki törtta uçraşuvda öz darvozasidan birorta ham töp olib çiqmadi. 16 yil oldin jamoa bu işni amalga oşirganida oxir-oqibat çempionlikni qölga kiritgandi.

Uşbu ğalabadan keyin «Borussiya» hisobidagi oçkolar soni 10ga yetib, jamoa bundesliga turnir jadvalida yetakçilikni qaytarib oldi. «Kyoln» esa ketma-ket törtta mağlubiyatdan söng 0 oçko töplab sönggi örinda qolmoqda.

Turning yana bir uçraşuvida «Bayyor» «Frayburg»ni qabul qilib, 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Kevin Folland dublga erişdi. Bu leverkuzenliklarning dastlabki ğalabasi edi, natijada oçkolari sonini 4taga yetkazgan «Bayyer» 12-öringa kötarilib oldi.

Germaniya bundesligasi, 4-tur

Borussiya D – Kyoln 5:0 (2:0)
Gollar: Filipp (2, 69), Papastatopulos (45), Obameyang (59, penalti, 60).
Borussiya D: Byurki, Papastatopulos, Zagadu, Pişçek, Toprak, Daud, Şaxin (Vaygl, 67), Yarmolenko (Pulişiç, 66), Kastro, Filipp, Obameyang (Isak, 85).
Kyoln: Horn, Xorxe Mere, Horn, Klyunter, Xaynts, Risse, Lemann, Xeger (Yoyiç, 64), Bitenkur (Tsoller, 56), Kordoba, Osako (Sorensen, 64).
Ogohlantirişlar: Lemann (39), Klyunter (59), Kordoba (63).

Bayyer – Frayburg 4:0 (3:0)
Gollar: Folland (21, 34), Arangis (29), Brandt (86).
Bayyer: Leno, Bender, Retsos, Vendell, Arangis, Bender (Xenrixs, 63), Xavertts, Kor (Baumgartlinger, 79), Brandt, Belarabi (Mexmedi, 71), Folland.
Frayburg: Şvolov, Linxart, Gyunter, Kyubler, Seyundjyu, Abraşi (Frantts, 28), Xefler, Xaberer, Terratsino (Kapustka, 69), Niderlexner, Klyayndinst (Kent, 46).
Ogohlantirişlar: Seyunjyu (70), Xefler (87).