Gruziya parlamenti sobiq raisi Nino Burjanadze mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining faoliyati Rossiyaga xavf tuğdirişi haqida aytib ötdi.
«Saakaşvili MRB tomonidan nazorat qilinuvçi jiddiy loyihaning bir qismidir. Loyihadan maqsad – Rossiyada 2018 yilda jiddiy muammolar keltirib çiqariş. Şu yili mamlakatda ikkita yirik voqea röy beradi.
Köplar Rossiyadan futbol böyiça jahon çempionatini olib qöyiş hamda mamlakat prezidentligi uçun saylovlarga ta'sir körsatiş istagida. Bu kuçlar Rossiyada Ukraina, Moldova, ehtimol, Gruziyada oğir muammolar yuzaga kelişini xohlaydi. Saakaşvili – bunday rejani amalga oşiriş uçun ajoyib nomzod», - deya Burjanadzening sözlarini keltiradi «Nezavisimaya gazeta».
«Öylaşimça, Saakaşvilining özi oxirigaça borişi kerakligini yaxşi tuşunadi. U özini jahonning barça telekanallarida bölmasa ham, Rossiyada körsatişlariga erişa oldi. Maslahat beriş huquqiga ega emasman, biroq fikrimça, bu notöğri – şunday yondaşuv uning maşhurligini faqatgina oşiradi, özi esa Putin, Rossiyaga qarşi işlaydi. Piar-faollik unga yordam bermoqda», - deya qöşimça qilib ötdi Gruziya parlamenti sobiq raisi.
Eslatib ötamiz, Rossiyada futbol böyiça jahon çempionati 2018 yilning 14 iyun-15 iyul kunlari 11 şaharda bölib ötadi.
Avgust oyining boşlarida Nino Burjanadze 2008 yildagi uruşni Saakaşvili boşlagani haqida ma'lum qilgandi.












