Microsoft CIS boş direktori Ronald Benkovski 18 sentabr kuni ICT WEEK 2017 matbuot anjumanida Özbekistondagi axborot texnologiyalari sohasi boşqa mamlakatlar, ayniqsa, Qozoğistonga nisbatan ança sekin rivojlanayotgani, bu borada muvaffaqiyat va tajribaga erişiş uçun AT infratuzilmalarini joriy qiliş lozimligini qayd etdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.
"Men viloyatlarning birida ötkazilgan anjumanda iştirok etganimda auditoriyadan şunday savol kelgan edi: Nima uçun Özbekistondagi Axborot texnologiyalari sohasi boşqa mamlakatlar, ayniqsa, Qozoğistonga nisbatan ança sekin rivojlanmoqda? Özbekiston ham ularning darajasiga yetib oladimi? Bu savolga men "Yöq!" deb javob berdim. Qaçonki, öqiş va malaka oşiriş uçun AT infratuzilmalari va çegaralari oçilmas ekan, soha biz kutgandek rivojlanmaydi.
Bugun esa mazkur jarayon amalga oşirilayotganidan xursandmiz. Bu Özbekiston uçun rivojlanişning bir neça bosqiçlariga birdaniga ötişiga katta imkon beradi", deya ta'kidladi Ronald Benkovski.
Eslatib ötamiz, 18-22 sentabr kunlari Toşkent şahrida ICTWEEK 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi taşkil etiladi.
2004 yildan boşlab ötkazib kelinayotgan ICTWEEK Uzbekistan Haftaligi doirasida axborot texnologiyalariga oid sammit hamda forum, 3 kunlik körgazma, şuningdek, ixtisoslaşgan tadbirlar, taqdimotlar, aksiyalar va muhokamalar soha islohotlarini sarhisob qiliş, xalqaro va mahalliy ekspertlar iştirokida natijalarni tahlil qiliş va istiqboldagi vazifalarni belgilab oliş, aholini soha yangiliklari bilan taniştirişda yirik voqea hisoblanadi.











