Tadbirda iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max hamda iPhone Ultra deb nomlanadigan buklama smartfon taqdim etilişi kutilmoqda. Miş-mişlarga köra, bazaviy iPhone 18 bu yil çiqarilmaydi: kompaniya hamyonbop modellarni taqdim etişni bahorga köçirgan.
Barça yangi iPhone’lar yuqori unumdorlik va energiya samaradorligiga ega Apple A20 Pro çipida işlaydi. Pro versiyalar özgaruvçan diafragmali yangilangan kameraga ega böladi, biroq qolgan jihatlari avvalgi avlodnikiga yaqin bölib qoladi. Şu bilan birga, xotira tanqisligi sababli smartfonlar narxi oşişi başorat qilinmoqda.
Buklama iPhone kompaniyaning uşbu form-faktordagi ilk qurilmasi böladi. Uning taşqi ekranining diagonali taxminan 5,5 dyuym, içki ekrani esa 7,6 dyuymni taşkil etadi. Kompromisslardan ham qoçib qutilib bölmadi: Face ID örniga Touch ID paydo böladi, kamera esa teleobyektivdan mahrum qilinadi.
Şuningdek, Apple Watch Series 12 va Apple Watch Ultra 4 ham taqdim etilişi kutilmoqda. Bundan taşqari, smart uy uçun yangi Apple TV 4K va yangilangan HomePod mini kabi yangiliklar ham bölişi mumkin. Apparat taqdimotlari bilan bir qatorda, kompaniya iOS 27, iPadOS 27 va macOS Golden Gate çiqiş sanasini ham eʼlon qiladi.

















