Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 mart kuni kiberjinoyatlar va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini oliş samaradorligini oşiriş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, sönggi 6 yilda kiberjinoyatlar böyiça murojaatlar soni 48 baravarga oşgan. Ötgan yilda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 82 foizi, öğirlik jinoyatlarining 76 foizi kibermakonda sodir etilgan. Ular orqali jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan moddiy zarar 2 trillion sömdan oşgan.
Taqdimotda ta’kidlanganidek, şunday turdagi jinoyatlar uçun jazo çoralarini oğirlaştiriş vaqti keldi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda köplab fuqarolarga jabr keltirayotgan «moliyaviy piramida» uçun jazo çoralarini kuçaytiriş maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.


Fuqarolarning öz nomiga rasmiylaştirilgan elektron tölov vositalari hamda abonent raqamlardan foydalanişda şaxsiy mas’uliyatini oşiriş maqsadida öz nomidagi elektron tölov vositasi, kriptohamyoni, SIM-kartasi va elektron akkauntlardan kiberjinoyatni sodir etişda foydalanilişiga yöl qöyganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilaş taklif qilindi.
Şunningdek, yuridik şaxslar tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uçun ma’muriy javobgarlikni belgilaş taklif qilindi.
Ta’kidlanişiça, uşbu amaliyot masofadan moliyaviy xizmatlarni körsatuvçi banklarga ham taalluqli bölib, ular ham öz tizimlarida firibgarliklarning oldini oliş böyiça himoya va xavfsizlik çoralarini muntazam takomillaştirib boriş zaruratini yuzaga keltirmoqda. Xususan, ötgan yillarda 3 ta bank tizimidagi zaiflik tufayli 3025 nafar mijozga 17 milliard söm moddiy zarar yetkazilgan.
Şu nuqtai nazaridan, tijorat banklari, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmagani oqibatida sodir etilgan kiberjinoyatdan yuzaga kelgan moddiy zarar uçun javobgar bölişini qonunan mustahkamlaş taşabbusi ilgari surildi.
Taqdimotda uyuşgan jinoyatçilikning sodir etiş şakl va uslublari yangilanib borayotgani körsatib ötildi.













