Norvegiya suveren jamğarmasining hajmi tarixda ilk marotaba 1 trillion dollarga yetdi. Bunga jahon fond bozorlarining ösişi va dollar kursining zaiflaşuvi sabab böldi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
«Kimdir 1996 yili may oyida neft daromadining bir uluşi fondga ötkazilişi boşlanganida uning miqdori qaçondir 1 trln dollarga yetadi, deb öylamagandir», — deya ta'kidlagan jamğarma ijroçi direktori Ingve Slingstad.
Norvegiya hukumati fond miqdori 2025 yilgaça ösişda davom etişini va 10,5 trln kron (1,3 trln dollar)ga yetişini taxmin qilmoqda. Ammo, agentlikka köra, bu kabi baholaşlar işonçsizdir. Çunki hozirgi körsatkiç 2018 yil oxirigaça bölgan davrda töplanişi kutilmagan raqamdir.
Jamğarma 1998 yili neft va gaz savdosidan tuşadigan daromaddan kelajak avlod uluşini saqlaş maqsadida taşkil etilgan. Ayni vaqtda uning butun dunyodagi idoralarida 550 kişi işlaydi.











