NYT 27-oktabrda Rossiya–AQŞ muzokaralaridan xabardor manbalarga tayanib xabar berişiça, AQŞ Moliya vazirligi fondning sanksiyalarni bekor qiliş haqidagi arizasini odatiy tartibda örganmoqda.

Naşr suhbatdoşlaridan biriga köra, bu jarayonda fond çeklovlar joriy etilişiga sabab bölgan asoslar öz kuçini yöqotganini isbotlaşi kerak. Hozirça sanksiyalarni bekor qiliş böyiça yakuniy qaror qabul qilingani haqida maʼlumot yöq.

Gazeta bu muhokamani Kremlning Ukrainadagi uruşga oid diplomatik jarayonlardan iqtisodiy manfaatlarini ilgari suriş uçun foydalanişga urinişi sifatida baholagan.

Dmitriev boşqaradigan fond haqida

Rossiya töğridan töğri investitsiyalar fondi 2011-yilda mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş maqsadida taşkil etilgan. Uning loyihalaridan biri COVID-19ga qarşi «Sputnik V» vaksinasi bölgan.

Fond rahbari Kirill Dmitriev Rossiya–AQŞ muzokaralarining muhim iştirokçilaridan hisoblanadi. U ikki mamlakat örtasida ehtimoliy qöşma biznes loyihalarini ilgari surib, Tramp maʼmuriyati vakillari bilan bir neça bor uçraşgan.

Jo Bayden maʼmuriyati Rossiya Ukrainaga keng kölamli hujum boşlaganidan tört kun ötib fondga sanksiyalar joriy qilgan. Öşanda AQŞ Moliya vazirligi uni rasman suveren investitsiya fondi bölsa-da, köpçilik Vladimir Putinning «qora kassasi» deb hisoblaşini bildirgan edi.

Sanksiyalar masalasi dizel kelişuvi fonida kötarilmoqda

Donald Tramp 9-oktabrda Vladimir Putin bilan muzokaralardan söng Rossiya dizelini AQŞ va jahon bozoriga yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilganini eʼlon qilgan.

Uning bayonotiga köra, Rossiya:

  • zudlik bilan 300 ming tonnadan ortiq;

  • noyabr davomida yana 500 ming tonna;

  • şundan söng 1 million tonna dizel yetkazib berişi kerak.

Tramp Rossiya neftni qayta işlaş zavodlarining holatiga qarab, keyinçalik qisqa muddatda qöşimça 3 million tonna yonilği yetkazib berilişi ham mumkinligini aytgan. U bu taʼminot dizel narxlarini pasaytirişini bildirgan.