AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT minbaridan turib, barça prezidentlar öz davlatini birinçi öringa qöygani kabi, u ham AQŞni doim birinçi öringa qöyişini ma'lum qildi. 

"Men hukumatni tortib oliş uçun emas, uni öz egasiga, ya'ni  xalqqa beriş uçun saylandim. Taşqi siyosatda biz suverenitetning bu asosiy tamoyillarini yangilamoqdamiz", - dedi Tramp.

Uning sözlariga köra, AQŞ hukumatining birinçi burçi — xalqqa xizmat qiliş va uning xavfsizligini ta'minlaş. 

"AQŞ prezidenti sifatida men Amerikani birinçi öringa qöyaman, xuddi sizlar, rahbar siftida öz mamlakatlaringizni birinçi öringa qöyişingiz kerakligi kabi", - deya ta'kidladi Tramp.

Oq uy rahbarining bu bayonoti zalda katta olqişlar bilan kutib olindi. 

Şuningdek Donald Tramp Qöşma Ştatlar hududiy ekspansiyaga emas, "özaro hamjihatlik va döstlik" sari intilayotganini ta'kidladi. 

"Biz nizo va kuraş emas, özaro hamjihatlik va döstlik tarafdorimiz. Bizni mafkura emas, natija qiziqtiradi. Biz umumiy maqsadlar, manfaatlar va qadriyatlarga asoslangan realizm siyosatini yuritmoqdamiz", - dedi Oq uy rahbari. 

Şuningdek Tramp Amerika öz qaraşlarini birovlarga tarğib qilmoqçi emasligi, şunçaki boşqalarga ibrat bölişni istaşini aytib ötdi.