Maqolani yozilayotganda, bir gap eşitdim, «Real» tarixda heç qaçon «Barselona»dan 7 oçko ortda borgan mavsumida çempionlikni nişonlamagan ekan. Bunday «qonuniyatlar» kimlarnidir taşvişlantirişi bor gap, şu bilan birga har qanday natija ham qaçondir birinçi marta sodir böladi.

La Ligadagi navbatdagi mavsumni «Real» muvaffaqiyatsiz boşlaşi heç kimning xayoliga kelmagandi. Ayniqsa, «Santyago Bernabeu»da qatorasiga uç uçraşuv ğalabasiz ötdi. Albatta, jamoa öyinlarini kuzatyotgan bölsangiz, inqiroz haqida gapirişga hojat yöq. Tarkib borasida ham, öyin böyiça ham Zidan şogirdlari hali ham Yevropaning eng kuçli klubi bölib qolmoqdalar, nazarimda. Ammo biror muvaffaqiyatsizlik «seriya» körinişini olganda, tasodif toifasidan çiqadi va qandaydir sabablar axtarişga ehtiyoj yaratadi. Xöş, «Real»ga nimalar xalaqit bermoqda? 

JAROHAT VA DISKVALIFIKATsIYaLAR

Superkubok uçun ötkazilgan öyinda Kriştianu Ronaldu hakamni turib yuborgani uçun 5 öyinga diskvalifikatsiya qilindi. Yana bir yetakçi hujumçi Karim Benzema «Levante» bilan öyinda oğir jarohat oldi va kamida bir oyga safdan çiqdi. Xuddi öşa öyinda, çap qanot himoyaçisi Marselo maydondan çetlatildi va Sosedaddagi öyinni ötkazib yubordi. Buning ustiga u keçagi öyinda ham jarohati tufayli maydonni tark etdi. Oxirgi xabarlarga köra, u bir oygaça safga qaytmaydi. Marseloning örnini bosişi kerak bölgan Teo Ernandes ham jarohat olgan. Mateo Kovaçiç lazaretda, Luka Modriç ham bir öyinni ötkazib yuborişiga töğri keldi. Marko Asensioning ajoyib formasi pasaygan.

Odatda jamoalar mavsumni imkon qadar bir tarkibda boşlab oladi, çunki, jamoa yaxşi formada bölmaganda, köproq eski, sinalgan boğlamlar, ğalaba qozoniş tajribasi qöl keladi. Bir neça öyinlar ötgaç, tarkibni tetiklaştiriş, ba'zi çarçagan futbolçilarga dam beriş uçun rotatsiyalarga qöl uriladi. Tarkibdagi özgarişlar rejali rotatsiyalar emas, aynan mana şunday kutilmagan omillar yuzasiga paydo bölayotgani natijaga salbiy ta'sir qilişi muqarrar

VAZIYaTLARDAN FOYDALANA OLMASLIK

«Real» 5 turdagi statistik körsatkiçlar böyiça yomon natija qayd etgani yöq aslida. Darvozaga berilgan aniq zarbalar böyiça «Barselona» bilan birgalikda (bir öyinga 7.4) eng yaxşi natija qayd etgan. Örtaça aniq paslar soni böyiça 2-örin (bir öyinga 492), töpni nazorat qiliş böyiça ham 2-örin (62.3 foiz)da borişmoqda.