Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uçib kelgan fuqaro E.A.ning yöl sumkasi bojxonaçilar tomonidan belgilangan tartibda közdan keçirilganda, sumkadagi oyoq kiyimlari orasiga 20 ming AQŞ dollari yaşirib joylaştirilganligi aniqlandi. Bu haqda “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati xabar bergan.

Yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilinmagan, bojxona nazoratidan yaşirinça olib ötişga urinilgan uşbu valyutalarni sinçiklab közdan keçiriş davomida bojxona xodimlarini şubhalantirgan yana bir jihat foş böldi.

foto: customs.uz

Gap şundaki, bir qaraşda haqiqiydek tuyulsa-da, uşbu kupyuralarning barçasi qalbaki bölib çiqdi. Buni qalbaki kupyuralarni aniqlaşga ixtisoslaşgan valyuta detektori ham tasdiqladi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Ekspert-kriminalistika boş markazining xulosasiga köra, uşbu kupyuralarda törsimon strukturalar va himoya lentalari mavjud emas, pullar maxsus korxonalarda tayyorlanmagan, aksinça oddiy elektrofotografik va yassi bosma usulda çop etilgan ekan. Şuningdek, kupyuralardagi ranglar bir-biridan yaqqol farq qiladi.

Suriştiruvlar davomida E.A. uşbu pullarni Istanbuldagi notaniş şaxslarning iltimosiga binoan olib kelayotganligini ta'kidlagan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan uşbu şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3 qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat işi qözğatildi.

Uşbu moddaga binoan qalbaki çet el valyutasini juda köp miqdorda ötkaziş ön yildan ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Ma'lumot uçun: Özbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 240-moddasiga muvofiq jismoniy şaxslar tomonidan bojxona çegarasini kesib ötayotganda naqd milliy va naqd çet el valyutasining olib ötilişi ustidan nazorat bevosita bojxona organlari tomonidan amalga oşiriladi.