11-noyabr kuni Bojxona qömitasi telefonlarning IMEI kodi bilan boğliq muammolar yuzasidan matbuot anjumani ötkazdi.

Qömita boşqarma boşliği Farhod Olimjonovning sözlariga köra, sönggi yillarda mobil qurilmalarni qonuniy import qiliş hajmi sezilarli oşgan:

  • 2024-yilda 12 mingta mobil qurilma rasman olib kirilgan bölsa, joriy yilning ötgan davrida bu körsatkiç 533 mingtaga yetgan;

  • 533 mingta mobil qurilmadan 452 mingtasi bojxona yuk deklaratsiyasi orqali, qolgan qismi esa yölovçilar tomonidan bojxona kirim orderi asosida rasmiylaştirilgan.

Biroq mobil qurilmalarni noqonuniy olib kirişning murakkab sxemalari hamon saqlanib qolmoqda.

«Mobil qurilmalarning IMEI identifikatorlarini tekşiriş, xususan, IMEI 1 yoki IMEI 2 kodlari bitta qurilmaga tegişli ekanini hamda uşbu kodlar böyiça avval tarmoq hodisasi sodir bölganini aniqlaş maxsus bilim va ixtisoslik talab qiladi. Bugungi kunda bojxona idoralarida mavjud qurilmalar yoki axborot tizimi imkoniyatlari bilan buni aniqlaş imkoniyati deyarli yöq», - dedi qömita vakili.

Olimjonovning tuşuntirişiça, bojxona organlarining asosiy vazifasi - çegaradan olib ötilayotgan tovarlarning bojxona tölovlariga taʼsir qiluvçi xususiyatlarini tekşirişdan iborat. Mobil qurilmalarning IMEI raqamlari haqiqiyligini aniqlaş esa bojxona organlariga bevosita yuklatilmagan.

Yuzaga kelgan vaziyatni hal qiliş maqsadida tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik yölga qöyilgan. Xususan, xavf darajasi yuqori deb baholangan şaxslar tomonidan olib kirilayotgan mobil qurilmalarni tekşirişga ixtisoslaşgan mutaxassislar jalb etilmoqda.

Bojxonaçiga köra, bu çoralar jismoniy şaxslar uçun belgilangan bojsiz olib kiriş meyorlarini bekor qiliş yoki çeklaşni anglatmaydi.

«Faqatgina mazkur imtiyoz doirasida bojxona tölovlarini tölaşdan böyin tovlamoqçi bölgan, xavf darajasi yuqori bölgan yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan olib kirilgan mobil qurilmalar identifikatsiyasi uçun uşbu yönalişdagi mutaxassislarni jalb etişga ehtiyoj paydo böldi», - dedi u.

Şuningdek, 11-noyabrdan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş jarayoni qayta tiklangani maʼlum qilindi.

Qömita vakili çegarada deklaratsiyalarni rasmiylaştiriş jarayonlari ham soddalaştirilayotganini bildirdi. Uning sözlariga köra, 2026-yil avgust oyida işga tuşirilgan mobil ilova orqali elektron deklaratsiyalarning 70 foizdan ortiği inson omilisiz rasmiylaştirilmoqda. Natijada ilgari örtaça 20 daqiqa vaqt olgan jarayon bir daqiqagaça qisqargan.