Özbekistonda iPhone narxlari keskin qimmatlaşdi. Bunga xorijdan olib kirilayotgan telefonlarning IMEI kodlari bilan boğliq yangi muammolar sabab bölyapti.

Avvaliga xorijdan olib kirilgan qimmatbaho smartfonlar Toşkent xalqaro aeroportida IMEI kodining haqiqiyligini tekşiriş maqsadida ekspertiza uçun 30 kungaça olib qolinayotgani haqida xabar tarqaldi. Keyinroq Bojxona qömitasi Toşkent xalqaro aeroportida telefonlarni bojxonadan ötkaziş vaqtinça töxtatilganini maʼlum qildi.

IMEI – mobil aloqaga ega, yaʼni SIM-karta öqiydigan qurilmalarni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan maxsus raqam. Özbekistonda IMEI-kodi röyxatga olinmagan mobil qurilmalardan aloqa uçun foydalanib bölmaydi. Bojxonaçilarning yangi iddaolariga köra, oxirgi paytlarda bu kodlarni soxtalaştiriş orqali boj tölovidan qoçiş holatlari uçrayapti.

Şu sababli Toşkent xalqaro aeroporti orqali olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylaştiruvi IMEI identifikatorlarini aniqlaş va ularning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş bilan boğliq masalalar hal etilguniga qadar vaqtinça töxtatilgan. Bu çeklov qaçongaça saqlanib qolişi maʼlum emas.

Ayni paytda bojxona organlari biror bir normativ hujjatsiz, özboşimçalik bilan telefon importini çeklab qöyişga vakolatlimi, degan savol oçiq qolmoqda. Rasmiylar bu tartibning qonuniy asoslari haqida hozirça izoh bermadi.

Bojxonadagi çeklov qaçon bekor qilinişi noaniq bölib turgani – smartfon bozoridagi narxlarda tezda aks-sado berdi. Kun.uz suriştiruviga köra, 10-noyabr kuni iPhone 18 modellari bir kun avvalgi narxiga nisbatan 50 dollardan 400 dollargaça qimmatlaşgan. Masalan, kumuş rangli 256 GB xotiraga ega iPhone 18 Pro eSIM smartfoni 9-noyabr kuni 1500 dollardan sotilgan bölsa, 10-noyabrdagi narxi 1650 dollarga yetgan. Xuddi şu modelning 512 gigabaytli versiyasi esa 1800 dollardan 2000 dollargaça kötarilgan.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölyapti. Jamoatçilik faollari noqonuniy importga qarşi kuraşiş zaruratini inkor etmayapti, biroq yangi çeklovning oddiy isteʼmolçilarga taʼsiri yuzasidan savollar kötarilmoqda.

Iqtisodçi Behzod Hoşimov masalaga kengroq – import çeklovlarining iqtisodiy oqibatlari nuqtayi nazaridan yondaşdi. Uning fikriça, IMEI bilan boğliq vaziyat – importga qöyilgan tösiqlar isteʼmolçilar uçun qançalik qimmatga tuşişini yaqqol körsatmoqda. Hoşimov bunday muammolar faqat telefonlar bozorida emas, boşqa köplab import tovarlarida ham mavjudligini taʼkidlaydi. Uningça, bojlar va import çeklovlari mahsulotlar narxini sunʼiy ravişda oşirib, nafaqat isteʼmolni, balki işlab çiqarişni ham qimmatlaştiradi.