Bojxona qömitasi Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan kelayotgan yölovçilarning mobil telefonlari 30 kungaça ekspertiza uçun olib qöyilayotgani va tezlaştirilgan rasmiylaştiruv uçun qöşimça tölov joriy etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Qömita maʼlumotiga köra, sönggi vaqtlarda telefonlarni bojxonadan olib ötişda IMEI kodlarini soxtalaştiriş, boşqa qurilmalar identifikatorlaridan foydalaniş va bir telefon maʼlumotlari orqali boşqa qurilmalarni qonuniylaştiriş kabi qonunbuziliş holatlari köpaygan.
Qayd etilişiça, joriy yil boşidan buyon «Toşkent-AERO» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi tomonidan 185 ta holatda qiymati 8,8 mlrd sömlik 1185 dona mobil telefonning noqonuniy olib kirilişiga çek qöyilgan.
Şu munosabat bilan hozir Toşkent xalqaro aeroporti orqali olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylaştiruvi IMEI identifikatorlarini aniqlaş va ularning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş bilan boğliq masalalar hal etilguniga qadar vaqtinça töxtatilgan.
Bojxona qömitasi tegişli idoralar bilan hamkorlikda telefonlarni tekşiriş va rasmiylaştiriş tartiblarini oydinlaştiriş böyiça çoralar körilayotganini maʼlum qildi. Vaziyatga qisqa muddatlarda oydinlik kiritilişi va bojxona rasmiylaştiruvi davom ettirilişi kutilmoqda.
Avvalroq, Özbekiston aeroportlarida xorijdan olib kirilayotgan smartfonlarning IMEI-kodlari tekşiruvi kuçaytirilgani haqida xabar berilgandi. Ayrim maʼlumotlarga köra, qiymati 1000 dollardan yuqori telefonlar 30 kungaça ekspertizaga olib qolinişi mumkin. Bu holat Toşkentdagi «Malika» maişiy texnika bozorida ayrim iPhone modellari narxi 50–400 dollarga oşişiga ham sabab bölgan. Yangi tartibning huquqiy asoslari va qöllaniş mexanizmi esa savollar tuğdirmoqda.













