19 sentabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT Boş assambleyasida qat'iy nutq bilan çiqdi. U Eron va Şimoliy Koreyaning yadroviy dasturlarini tilga olib, Kim Çen Inni haqorat qildi. "Raketa-odam özi va xalqini yöq qilişga qaror qildi", - dedi Amerika prezidenti va agar AQŞ istasa, KXDRni yöq qilişi mumkinligi bilan tahdid qildi.
Uç kundan keyin, 22 sentabr kuni KXDR yetakçisi Kim Çen In Donald Trampga javob qaytardi. Koreya Markaziy telegraf agentligi orqali taqdim etilgan bayonotda Kim Çen In prezidentni "aqldan ozgan amerikalik çol" ("mentally deranged U.S. dotard") deb atadi.
Şundan söng köp amerikaliklar dotard sözining ma'nosini izlaşga tuşişdi - bu söz ingliz tilida juda kam holatlarda işlatiladi. Hatto trump sözi ham, Tramp prezident bölmasidan oldin undan köproq qöllangan.
Merriam-Webster luğati Kim Çen Inning bayonotidan keyin dotard sözi böyiça sörovlar keskin köpayganini ta'kidladi. Associated Press agentligi alohida materialda gap nimada ekaniga izoh berdi. Koreya yetakçisining sözlarini olib, uni tarjimon-ilovaga kiritilsa, u ikki xil variantni taqdim etadi: neytral - "qariya" va yanada qöpol - "aqldan ozgan çol".
Dotard sözi KXDR bayonotlarida oxirgi marta 2012 yilda qayd etilgan - öşanda Koreya Markaziy telegraf agentligi bu sözni Janubiy Koreya prezidentiga nisbatan qöllagan.












