iPhone 8 smartfoni savdoga çiqarilişi bilan Apple texnikasi ixlosmandlari orasida odat tusiga kirgan an'analardan biri – turnaqator navbatlar yöqqa çiqqan körinadi. Ba'zi foydalanuvçilar fikriça, yangi qurilma uning avvalgi arzonroq versiyalariga nisbatan biror yaxşiroq jihati bilan ajralmaydi va yaxşisi biroz köproq mablağ jamğarib, iPhone X çiqişini kutib turgan afzalroq. Xitoyning Xançjou şahridan reportaj bu borada Apple uçun xursand bölsa arzigulik bölmagan manzaralarni körsatmoqda: mahalliy Apple Store dökoniga yangi smartfon uçun bor-yöği ikki kişigina kelgan, xolos.

Suratlarga e'tibor bersangiz, navbat uçun taşkillaştirilgan tösiqlar çetga olib qöyilgan, çunki smartfonning savdoga çiqarilişi ilk kuni unga faqatgina 2 kişi qiziqiş bildirgan. 30 ga yaqin qöriqçi tösiqlarni yiğiştiriş bilan ovora. Aytiş joizki, şunga öxşaş "açinarli" tendensiya butun dunyo böylab kuzatilmoqda.

Foto:hi-tech.mail.ru
Foto:hi-tech.mail.ru

Buning ortida Apple kapitallaşuvi bir hafta içida 43 mlrd dollarga kamayib ketdi va kompaniya aksiyalari 17 oy içidagi eng katta yöqotişlarni qayd qilmoqda. Mutaxassislar buni kompaniyaning yangi mahsulotlari borasida "sovuq" fikrlar bildirilgani va iPhone 8’ning past savdolari bilan boğlaşmoqda.

Foto:hi-tech.mail.ru
Foto:hi-tech.mail.ru

Tahlilçilarning fikriça, iPhone 8 savdolari birinçi dam oliş kunlari oxirgi 3 yil içidagi eng minimal körsatkiçni namoyiş qiladi. Bu qisman foydalanuvçilar innovatsionroq bölgan iPhone X’ning çiqişini kutayotganlari bilan boğlangan. Uşbu smartfon noyabr boşida savdoga çiqişi kerak. Öşanda iPhone uçun navbatlar haqiqatan ham "ölgan-ölmaganini" biliş mumkin böladi.