Bugun Özbekistonda «LUKOYL» OAJ Prezidenti Vagit Alikperov va Respublika Boş Vaziri Abdulla Aripov Hisor konlar guruhining işga tuşirilişi munosabati bilan taşkillaştirilgan tantanali marosimda iştirok etdilar.
«Janubi-Ğarbiy Hisor» loyihasi doirasida işga tuşirilgan işlab çiqariş obektlari qatorida quvvati yiliga 4,4 mlrd. kub.m gazni kompleks tayyorlaş qurilmasi, gazni dastlabki tayyorlaş qurilmasi hamda oltitta gaz yiğiş punkti bor. Obektlarning işga tuşirilişi Hisor konlar guruhida gaz qazib oliş hajmi loyihada belgilangan yiliga 5,5 mlrd. kub.m gaz yetkazib beriş imkononi beradi.

Kompaniya özining xorijiy loyihalari doirasida qazib olayotgan gaz hajmining yarmidan köproği Özbekistonga töğri keladi. 2017 yilning sentabr oyiga kelib LUKOYL boşqaruvi ostidagi loyihalarda töplangan mahsulot körsatkiçi 45 mlrd. kub metrga yetdi. Kompaniya Özbekiston Respublikasi hududidagi eng yirik xorijiy sarmoyadordir.














