Reuters xabariga köra, bir yil davomida konni boşqarişni Iroqning Basra Oil davlat kompaniyasi öz zimmasiga oladi, deb ma’lum qildi agentlikka kompaniyaning ikki vakili. Şu tariqa, Iroq rasmiylari AQŞ «Lukoyl»ga qarşi joriy etgan sanksiyalar fonida murakkab vaziyatdan çiqib ketmoqçi, deb ta’kidladi Reuters.

«Bizning maqsadimiz - Iroqda AQŞ sanksiyalari bilan boğliq noaniqlik mavjud bölgan paytda işlab çiqarişning uzluksizligini ta’minlaş va 12 oy davomida «Lukoyl» uluşiga ehtimoliy xaridorlarni qidiramiz», dedi ulardan biri.

Basra Oil uşbu konni nazoratiga olgaç, işçilarga iş haqi tölaydi, pudratçilar mehnatiga haq tölaydi va boşqa operatsion xarajatlarni öz zimmasiga oladi, dedi Reuters suhbatdoşlaridan biri. Uning sözlariga köra, qazib oliş kuniga 465 - 480 ming barrel atrofida barqaror bölib qolmoqda.

«Ğarbiy Kurna - 2» - dunyodagi eng yirik neft konlaridan biri. U jahon neft ta’minotining taxminan 0,5 foizini va Iroqdagi qazib olişning 9 foizini ta’minlaydi. «Lukoyl» 2009 yildan beri konni özlaştiriş bilan şuğullanadi. 2014 yildan boşlab Rossiya kompaniyasi u yerda tijorat maqsadlarida neft qazib olişni boşladi.

Noyabr oyida «Lukoyl» AQŞ sanksiyalari ostiga tuşgaç, konda fors-major holatini e’lon qildi. Endi «Lukoyl» 17 yanvarga qadar aktivlarni sotiş böyiça bitim tuzişi kerak. Reuters ma’lumotlariga köra, sotib olişga önga yaqin investorlar, jumladan, Amerikaning Exxon Mobil, Chevron neft gigantlari va Carlyle xususiy investitsiya kompaniyasi qiziqiş bildirmoqda.