Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York şahrida AQŞ Prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi örinbosari Liza Kyortis bilan uçraşdi.

Suhbat davomida Özbekiston-AQŞ kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning AQŞga taşrifi doirasida ikki davlatning yetakçi iqtisodiy tuzilmalari iştirokida ötgazilgan biznes-forum yakunlarini yuqori baholadilar va mazkur forum natijalari boşqa tadbirkorlarni ham hamkorlikka çorlaşini ta'kidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama etiş çoğida alohida e'tibor Afğonistondagi vaziyatning tinç yöllarda rivojlaniş bosqiçiga ötiş istiqbollariga qaratildi.

Uçraşuvda AQŞ davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo işlar böyiça yordamçisi örinbosari Daniyel Rozenblum ham iştirok etdi.