Özbekiston xalqaro suveren reytingi oliş borasida faol iş olib bormoqda. Bunda Citibank (City Group) maslahatçi vazifasini bajarişi mumkin. Xalqaro Press-klubning 27 sentabrdagi majlisida iştirok etgan Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovning fikriça, bu masalani banklar konsorsiumi yordamida hal etiş mumkin böladi.
“Biz suveren reyting olişning ilk bosqiçida turibmiz. Citibank maslahatçimiz böladi. Bu banklar konsorsiumi böladi. Suveren mustaqil kredit reytingini oliş uçun arizani rasmiylaştiriş dasturi Prezident tomonidan yaqin orada tasdiqlanadi”, — dedi Qöçqorov.
Uning aytişiça, mamlakat hukumati suveren reytingni xorijdan sarmoya jalb qiliş vositalaridan biri sifatida baholamoqda.
Özbekistonning yirik banklari va kompaniyalari uşbu reyting olinganidan söng, şu kabi reytingni olişlari va bozorda mablağlarni jalb qilişlari mumkin böladi. Respublikaning suveren kredit reytingini olişi töğridan-töğri xorijiy sarmoyalar kengayişiga, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş hamda banklar va korxonalarga jahon moliya bozorlarida past foiz stavkalarida kreditlar jalb qilişiga yordam beradi.
Xalqaro Press-klubda ma'lum qilinişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞga safari va Jahon banki rahbariyati bilan uçraşuvidan keyin Jahon banki Özbekistonga ajratadigan kreditlar papkasini 2 barobarga oşirib, 2 mlrd dollardan 4 mlrd dollarga yetkaziş masalasini muhokama etmoqda.












