Tribuna.uz an'anaviy tarzda hafta oxirida Yevropaning yetakçi ligalarida bölib ötadigan eng qiziqarli uçraşuvlarga bağişlangan anonsni havola qiladi.
ÇeLSI – MANÇeSTeR SITI
30.09.2017. 21:30

Angliyada top jamoalar ham, top uçraşuvlar ham nisbatan köproq va deyarli har turda e'tiborga molik uçraşuvni topiş mumkin. Lekin bu töqnaşuv ular içida ham alohida ajrab turadi.
Çempionlik uçun mavsum oxirigaça kuraşişi taxmin qilinayotgan ikki jamoa Londonda töqnaş keladi. «Çelsi» bu öyinni boy bersa, Mançester juftligidan 6 oçkoga orqada qolib ketişi mumkin va bu Konte şogirdlari uçun juda qattiq zarba böladi.
Madriddagi ğalabadan söng, «Çelsi» juda yaxşi kayfiyatda, ammo şu bilan birga, raqibidan farqli ravişda jamoa bir kun kam dam olgani va nisbatan oğirroq raqibga qarşi öynaganini e'tiborga oliş kerak.
«Mançester Siti»da ham muammolar yetarli. Öng qanot öyinçisi Benjamin Mendi oğir jarohat olib, mavsum oxirigaça safdan çiqqan bölsa, jamoa töpurari Serxio Aguero avariyaga uçradi va u ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
ŞALKe – BAYYeR
29.09.2017. 23:30

Yaqin ötmişda Germaniyaning yetakçisi bölgan, ammo örnini boy berayozgan ikki jamoa. Mavsumda har ikki jamoa ham hujumkor ötkazayotgani, ammo himoyalaniş borasida muammolar har ikki jamoada ham yetarli ekani öyinning qiziq va gollarga boy bölişidan dalolat qiladi. «Şalke» sönggi ikki turda yutqazdi va birorta ham gol ura olmadi.Qiziği, 2013 yildan beri «Şalke» öz maydonida «Bayyer»ga mağlubiyatga uçrab kelmoqda.
PSJ – BORDO
30.09.2017. 20:00

Ötgan turdagi durangdan söng, «PSJ» Yevropaning yetakçilaridan biri «Bavariya» ustidan işonçli ğalabaga erişdi va Karlo Ançelottini iste'foga çiqarib yubordi. YeÇLdagi bahsda Kavani va Neymar örtasidagi munosabatlar ham ijobiy tomonga siljiganini köriş mumkin edi. Parijliklarning yana odatiy rejimga qaytib, sermahsul öyin körsatişlarini kutiş mumkin.
Ammo raqib ham anoyi emas – «Bordo» uşbu mavsumda hali mağlubiyatga uçramagan ikkinçi klubdir. Qayd etiş joizki, «Bordo» 2010 yildan beri Parijda ğalaba qozona olmagan.
HYeRTA – BAVARIYa
01.10.2017. 18:30

«Bavariya» ötgan haftada «Volfsburg» bilan öyinda ğalabani qöldan çiqardi, uç kun ötib Parijda yirik hisobda mağlubiyatga uçradi. Myunxenliklar jamoasining talab darajasi şu qadar balandki, şu ikki natijaning özi Karlo Ançelottining iste'fosi uçun yetarli böldi.
Albatta, muammo öylaganimizdan çuqurroq, murabbiy va futbolçilar örtasidagi ziddiyatlarning iste'foga sabab bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Şu nuqtai nazardan ham, sönggi 7 yilda birinçi marta mavsum örtasida murabbiy almaştirgan «Bavariya»ning öyini qanday özgarişini kuzatiş qiziq bölsa kerak.
«Herta»ning ham öz muammolari bor, jamoa sönggi 7 öyinda atigi bir marta ğalaba qozondi xolos. Yevropa kuboklaridagi navbatdagi uçraşuv ham boy berildi.
Darvoqe, «Herta»ning «Bavariya»dan ikki kun ötib yevrokubok öyinida maydonga tuşgani ham mehmonlarning imkoniyatlarini oşirişi tabiiy.
NYuKASL – LIVeRPUL
01.10.2017. 20:30

Ingliz futboli klassikalaridan biri. Rafa Benites «Liverpul»ga qarşi. Jon Şelvi va Jorjye Veynaldum sobiq klublariga qarşi töp suradi. Jamoalar turnir jadvalida deyarli yonma-yon bormoqda, agar mezbonlar ğalaba qozonsa, «Liverpul»ni jadvalda ortda qoldirişi mumkin.
«Nyukasl» sönggi turda mağlubiyatga uçragan bölsa-da, öz maydonidagi uçraşuvlarda işonçli harakat qilmoqda. «Liverpul» uslub jihatidan aynan «Nyukasl» kabi oçiq töp suradigan jamoalarga qarşi yaxşiroq öynay oladi, buni ham bilamiz.
Esda qolarli öyin, 2013 yilda «Liverpul» «Nyukasl» ustidan mehmonda 6:0 hisobida ğalaba qozongandi. Lekin şundan beri «qizillar» bu yerdan uç oçko olişning uddasidan çiqa olişmayapti. Ikki yil oldin ötgan sönggi öyinda «Nyukasl» 2:0 hisobida ğalaba qozonib, «Liverpul»ning ğalabali seriyasiga nuqta qöygandi.
VALeNSIYa – ATLeTIK
01.10.2017. 21:30

«Valensiya» Ligada hali mağlubiyatga uçramagan uç jamoadan biri bölib turibdi. Ayniqsa, sönggi ikki turni Marselino Garsiya şogirdlari alohida kötarinkilik bilan ötkazişdi – «Sosedad» maydonidagi ğalaba tahsinga sazovor.
«Atletik» esa, aksinça, mavsumni yaxşi boşlab, uç turdan keyin yetakçilar safida borgan bölsa-da, keyingi turlarda ketma-ket mağlubiyatga uçramoqda. Yevropa Ligasidagi «Zorya»dan uçralgan mağlubiyat ham basklarga salbiy ta'sir qilgan bölişi tabiiy. Ammo jamoalar örtasidagi sönggi 20 uçraşuvda atigi ikki marta yirik hisob qayd etilganining öziyoq, bizni «Mestalya»da doimiy keskinlik kutib turganidan darak beradi.
Mehmonlar tarkibida Muniain, De Markos, Alvares kabi yetakçi futbolçilar jarohat tufayli maydonga tuşa olmasliklari mumkin.
MILAN – ROMA
01.10.2017. 21:00

Mavsumni qator ğalabalar bilan boşlab, transferlar dariçasidagi xarajatlar haqidagi gap-sözlarni biroz unuttirgan «Milan»ga nimadir böldi. Jamoa qatorasiga ikki safar öyinini boy berdi. Yevropa Ligasidagi sönggi öyin ham işonçsiz çiqdi – sönggi daqiqada kiritilgan gol tufayligina «Milan» ğalaba qozondi.
Keyingi turda böladigan Milan derbisi oldidan, Montella jamoasini boşqa bir jiddiy klub – Montellaning sobiq jamoasi sinovdan ötkazadi. Barqaror ravişda kuçli va barqaror ravişda nimadir yetişmaydigan «Roma» mavsumni kuçli boşladi va ayni pallada sönggi 4 uçraşuvda ğalaba qozonib, ham A Seriyada, ham YeÇLda ahvolini önglab oldi.
Jamoalarning sönggi 4 öyinida «Roma» ustunlik qilgan, şuningdek, 2011 yildan beri, «Milan» Rimda ğalaba qozona olmayotganini ta'kidlaş joiz.
SPORTING – PORTU
01.10.2017. 23:15

Portugaliyaning ayni paytdagi eng kuçli ikki jamoasi töqnaşuvini ham e'tibordan çetda qoldirib bölmaydi. «Portu» 7 turdan söng yuz foizlik körsatkiç bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda, «Sporting»da ham mağlubiyat yöq, şunça öyindan keyin atigi bir durang qayd etilgan xolos. Demak, bu öyinda qaysidir an'ana buziladi.
Bu ikki jamoa Yevropa Çempionlar Ligasida ham yomon qatnaşmayapti. «Portu» «Monako» ustidan safarda yirik ğalabaga erişib, birinçi turdagi mağlubiyatni «tekislagan» bölsa, «Sporting» «Barselona» bilan tengma-teng öynadi.
Abubakar, Ektor Errera, Kasilyas, Markano, Dumbiya, Karvalyu, Koentrau, Dost, Matyo kabi bizga taniş yulduzlar maydonda harakat qiladigan bu töqnaşuv ham qiziq bölişi şubhasiz.
Ispaniya çempionatida «Barselona»ning «Kamp Nou»da «Las Palmas»ga qarşi öyini 1 oktabr, yakşanba kuni Toşkent vaqti bilan 19:15da bölib ötadi. «Real» esa, öşa kuni, soat 23:45da öz maydonida «Espanol»ni qabul qiladi.











