Xitoy hukumati qazib olinuvçi yonilğida işlovçi avtomobillar işlab çiqaruvçilari kam yoki nol miqdorda karbonat angidrid çiqaruvçi transportni yaratiş hisobiga "kredit" olişlari kerak böladi. Yangi qoida yil davomida içki yonuv dvigateliga ega 30 mingtadan köproq avtomobil yiğadigan yoki import qiladigan kompaniyalarga qöllanadi. Bu haqda Verge va Nikkei Asian Review naşrlari xabar bermoqda.
Endi avtomobilsozlik kompaniyalari quyidagi kvotalarga muvofiq kelişlari kerak böladi: 2019 yilgaça kompaniyalar işlab çiqaradigan avtomobillarning kamida 10 foizi, 2020 yilgaça esa kamida 12 foizi elektrda yuruvçi bölişi kerak. Aks holda kompaniyalar jarima tölaşlari kerak böladi. Boşqa bir variant – elektromobillarning zarur darajasidan köproq avtomobil işlab çiqargan kompaniyalardan kvotalar sotib oliş böladi. Xitoy ayni vaqtda dunyodagi eng katta avtomobil bozori hisoblanadi, şu sababli Honda va Volkswagen kabi xorijiy kompaniyalar bu qoidaga böysunişga tayyorlar. Boşqa köplab kompaniyalar, jumladan Xitoy kompaniyalari elektromobil yaratişga özlari qiziqiş bildirmoqdalar va yangi kvotalar ularga qöşimça foyda keltirişini kutmoqdalar.
Xitoy havosining ançagina ifloslanganidan aziyat çekadi. Misol uçun, Pekin va Şanxayda ifloslanganlik juda yuqori va Xitoy şu sababli içki yonuv dvigateliga ega avtomobillardan sekin-asta voz keçişga intilmoqda.
Xitoy aholisi hukumatning tabiatni muhofaza qilişga qaratilgan qadamlarini hozirça unça qöllab-quvvatlamayapti. 2016 yilda elektromobillar savdosi 500 ming maşinani taşkil qilgan va bu Xitoyning butun avtomobil bozori hajmidan 2 foizdan ham kamroğini taşkil qiladi. Markaziy hukumat tomondan ekologik toza maşinalarni xarid qilişga 60 ming yuan (9 ming dollar) miqdorida subsidiya taklif qilingani ham yordam bermagan. Yangi reja esa bu javobgarlikni avtomobilsozlik kompaniyalari zimmasiga yuklamoqda. Oxir natijada Xitoy 2025 yilgaça elektromobillar savdosi umumiy savdo hajmidan 20 foizni taşkil qilişiga intilmoqda.












