Nautilus Eco-Resort - eko-mehmonxona kontsepti

Belgiyalik arxitektor Vinsent Kallebot özining futuristik loyihalari bilan ma'lum va maşhur. Bu safar u Filippinda barpo etilişi rejalaştirilgan eko-otel loyihasii namoyiş qildi. Uning binolari öz öqi atrofida aylanar ekan, elektr energiyasi işlab çiqaradi.

Vincent Callebaut Architectures arxitektorlik loyihasi.

Nautilus Eco-Resort 12 ta spiral körinişidagi turarjoy binosidan iborat böladi. Turli balandlikdagi inşootlar teleskopik qoziqqa örnatiladi. Bino öz öqi atrofida 360 darajaga aylana oladi. Bu fotoelektr panellarga kun davomida quyoş energiyasini töplaş imkonini beradi. Arxitektorning uqdirişiça, bunday yeçim turarjoy majmuasini 100 foiz muqobil energiya bilan ta'minlaş imkonini beradi. 

Çiğanoq körinişidagi turarjoy minoralar 

Quyoşdan taşqari, eko-mehmonxona ulkan turbinalar vositasida suv energiyasidan ham foydalanadi. Ortiq elektr energiyasi yaqin oradagi orollarga yuboriladi. 

Nautilus Eco-Resort. Interer.
Hovuzli eko-pavilon

Spiral körinişli minoralardan taşqari Nautilus Eco-Resort hududida yana bir neçta turarjoy pavilonlari barpo etiladi. Uning qoq markazida tabiiy yoğoçdan binoni qad kötaradi. Uning tomida organik boğlar va sabzavot qatorlari böladi. Bino içida damoluvçilar akvaparkda çömilişlari, ilmiy laboratoriyaga taşrif buyurişlari mumkin böladi. Bolalar boğçasi va sport zali ham quriladi. 

Vinsent Kallebotning eko-oteli kontsepti
Vinsent Kallebotning eko-oteli kontsepti

Hozirça, bu loyiha qaçon amalga oşirilişi ma'lum emas. Ayni vaqtda Vinsent Kallebot Hindiston poytaxti Dehli şahrida turarjon mavzesini barpo etiş işi bilan band. Turarjoy binolari yonida fermer xöjaliklari faoliyat yuritib, organik mahsulotlar yetiştiradi. Muqobil energiya manbalari tumanning elektr energiyaga bölgan talabini töliq qoplaydi.