Tijoriy köçmas mulkka pul tikmoqçi bölgan tadbirkorlarning aksariyati bir xil yöldan boradi, yer sotib oladi, loyihaçiga murojaat qiladi va quradi. Ammo tijoriy köçmas mulk böyiça mutaxassis Aziz Şermuhamedovning aytişiça, aynan şu yondaşuv tadbirkorlarni bir neça million dollarlik xatolarga olib kelişi mumkin. Kun.uz bilan suhbatda u “Tashkent City”, “Magic City” va “Boulevard” kabi maşhur loyihalar misolida obyekt qurişdan oldin tadbirkorlar yöl qöyayotgan xatolar va ularning oldini oliş mumkin bölgan usullar haqida gapirdi.
Loyihani arxitektordan emas, mutaxassisdan boşlaş zarur
Tijoriy obyekt qurişni rejalaştirgan tadbirkorning eng köp uçraydigan xatolaridan biri loyihani töğridan töğri arxitektorga topşirişi. Investor yerni tanlaydi, keyin arxitektorga murojaat qilib, undan mehmonxona, savdo markazi yoki biznes markazi loyihasini çizib berişni söraydi. Biroq Aziz Şermuhamedovning taʼkidlaşiça, arxitektura loyihasining texnik va estetik jihatdan töğri bölişi obyektning keyinçalik muvaffaqiyatli işlaşi uçun yetarli emas.
«Xalqimizda köpçilik kasal-bemor bölib qolsa, töğri aptekaga yuguradi, şifokorga bormaydi-da, öziga özi taşxis qöyib, öziga özi dori içişni boşlaydi. Ahvoli yomonlaşganidan keyin şifokorga boradi. Developerlarda ham klassik xato şu töğridan töğri loyihaçiga boradi va “Menga mehmonxona çizib bergin”, deydi. Bunda loyihaçini ayblaş töğri emas. Çunki arxitektorning vazifasi va konsultantning vazifasi bir-biridan farq qiladi», - deydi u.
Yerni sotib olişdan oldin investor nimani bilişi kerak?
Tijoriy obyektdagi eng qimmat xatolardan biri - quriliş boşlanganidan keyin emas, yer sotib olinayotgan paytda sodir böladi. Şuning uçun investor avvalo bu yerda nima quriş mumkinligini emas, quriladigan obyekt kimga kerakligi, qanday işlaşi va keyinçalik qança daromad keltirişini hisoblaşi kerak. Aziz Şermuhamedovning aytişiça, obyektning faqat qurilişi emas, uning oçilgandan keyingi «ikkinçi hayoti» ham loyiha boşlanişidan oldin öylab çiqilişi şart.
«Yerni oldim, endi nima qilaman, deb öylaş kerak emas. Yerni olişdan oldin “bu yerda nima qilaman, kimga qilaman, qanday işlaydi, qança daromad qiladi?” degan savollarga javob bölişi kerak. Obyektni quriş bu birinçi qismi. Uning ikkinçi hayoti bor. Oçilib, odamlar kelib, pul tölay boşlaganidan keyin u qanday işlaydi, asosiy masala şu».
Millionlar qurilişda emas, qarorlarda yöqotiladi
Tijoriy köçmas mulkda katta mablağ birdaniga yöqolib qolmaydi - köpinça bu bir qaraşda arzimasdek köringan qarorlardan boşlanadi. Qurilişga önlab million dollar sarflanayotgan loyihada joylaşuv, maydondan foydalaniş, obyekt konsepsiyasi yoki uning kelajakdagi boşqaruvi böyiça yöl qöyilgan kiçik xato keyinçalik katta moliyaviy yöqotişga aylanişi mumkin. Şuning uçun investor uçun asosiy vazifa faqat quriliş xarajatlarini nazorat qiliş emas, balki loyihaning boşidayoq notöğri qarorlarni aniqlaşdir.
«Siz bitta loyihaga 50 million dollar, 100 million dollar pul tikkaningizdan keyin u yerdagi bir foiz xatongiz bir million dollarga aylanişi mumkin. Şuning uçun konsultantning vazifasi suğurtaga öxşaydi. Masalan, sizning kelajakda qilişi mumkin bölgan xatolaringizning oldini olib beradi».
Mutaxassisning fikriça, şu sababli konsultantga loyiha tayyor bölib qolgandan keyin emas, eng birinçi qarorlar qabul qilinayotgan bosqiçda murojaat qiliş muhim. Çunki quriliş boşlanganidan keyin xatoni tuzatiş uçun yana vaqt va mablağ talab etiladi.
«Ikkinçi hayot» - obyektni qayta işlatiş
Tijoriy köçmas mulkda yana bir muhim masala - har bir loyihani noldan quriş şart emasligi. Şermuhamedovning aytişiça, bozorda avval qurilgan, lekin bugungi talabga javob bermaydigan köplab obyektlar bor. Ularni buzib taşlaş örniga qayta işlab, yangi vazifa beriş ham developer uçun, ham şahar uçun samarali yeçim bölişi mumkin.
«Baʼzida yangi bino qurişdan köra, bor obyektga ikkinçi hayot beriş mantiqliroq. Çunki u yerda fundament bor, kommunikatsiyalar bor, lokatsiya bor. Faqat uni töğri qayta işlaş kerak».
Mutaxassis bu yondaşuvni faqat xarajatni tejaş emas, balki mavjud resursdan oqilona foydalaniş sifatida köradi. Ayniqsa, yaxşi joylaşgan, ammo eskirgan binolarni zamonaviy formatga olib keliş orqali ularni yana iqtisodiy faol obyektga aylantiriş mumkin.
«Obyektning ikkinçi hayoti degani eski binoga şunçaki kosmetik remont qiliş emas. Uning potensialini köriş, nimaga aylantiriş mumkinligini tuşuniş va yangi funksiya beriş».
Yaʼni developer uçun savol har doim ham «Nima qursam böladi?» emas. Baʼzi holatlarda undan ham muhimroq savol «Bor narsadan nimani yaratiş mumkin?» bölişi kerak.
















