2026 yilgi Pritsker mukofoti - arxitektura sohasidagi asosiy jahon mukofoti çililik Smilyan Radiç Klarkka nasib etdi.
«Noaniqlik, materiallar bilan tajribalar va madaniy xotira kesişmasida bölgan işlarida Smilyan Radiç işonçga bölgan har qanday asossiz da’voning mörtligini afzal köradi. Uning binolari vaqtinçalik, beqaror yoki ataylab qurib bitkazilmagandek tuyuladi - deyarli yöq bölib ketiş arafasida, ammo ular tizimli, optimistik, tinç va quvonçli boşpana bölib, zaiflikni hayotiy tajribaning ajralmas şarti sifatida qabul qiladi», deyiladi mukofot veb-saytidagi hakamlar hay’ati bayonotida.

Smilyan Radiç Çili poytaxti Santyagoda yaşaydi va işlaydi, öz studiyasida Frágil arxitektura fondiga asos solgan. Radiç özining köplab asarlarini rafiqasi, haykaltaroş Marsella Korrea bilan hamkorlikda yaratgan. Çililik arxitektorning maşhur işlari orasida şişirilgan yostiq körinişidagi ulkan çodir ham bor.
Arxitektura böyiça «Nobel mukofoti» deb ataladigan Pritsker mukofoti 1979 yildan beri topşiriladi. Ğolib 100 ming dollar mukofotga ega böladi.













