Qirğizistonning sobiq prezidenti Asqar Akayevning Moskva metrosida ketayotgani suratga olindi.

Foto:novostibishkeka.ru

Köplab foydalanuvçilar suratda Akayev öyçan va horğin körinişda ekanligini aytişgan. Qolgan foydalanuvçilar esa Akayev hozir oddiy körinişda ekaniga e'tibor qaratişgan, göyoki bu sobiq prezident emas, oddiy fuqarodek. Akayev prezident bölgan vaqtda u har doim qöriqçilar va avtomobillar korteji qurşovida yurgan. Aynan şu holat köplab qirğizistonliklarda qandaydir norozilikni keltirib çiqaradi.   

Akayevning şunga öxşaş, biroq yoş qirğizistonliklar qurşovida tuşgan surati joriy yilning iyunida çop etilgandi. Öşanda Akayev Sankt-Peterburgga ketiş perronida turgan bölgan.

Eslatib ötamiz, Akayev Qirğizistonni 1990 yildan boşqarib kelgan. 2005 yilda davlat töntaruvidan keyin u oilasi bilan Qirğizistonni tark etgan. Öşandan beri Akayev özining kasbiga qaytib, Moskvada fizika öqituvçisi bölib işlaydi.