1 oktabr keçki vaqt Las-Vegasda 59 kişini otib taşlagan jinoyatçi qurol sotib olişdan avval tegişli tekşiruvdan muvaffaqiyatli ötgan. Bu haqda qurol dökoni egasi Kris Maykl ma'lum qildi. 

Mayklning aytişiça, 64 yoşli Stiven Peddok uning Nevadadagi uyidan 40 daqiqalik masofada joylaşgan Yuta ştatidagi dökonga bir neça marta kelgan. Natijada qotil federal ma'lumotlar bazasi böyiça tegişli tekşiruvdan ötib, töpponça sotib olgan. 

"Unda heç qanday xavotirli jihat yöq edi. Men u buni qilişi borasida umuman tuşunçaga ega emasdim", deb aytdi Maykl.  

Politsiyaning ma'lum qilişiça, Peddok avvallari jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Qotilning yaqinlari u sodir etgan jinoyat ular uçun kutilmagan hodisa bölganini aytişgan.

1 oktabrda Las-Vegasdagi musiqiy festivalda Peddok tomondan sodir etilgan otişma oqibatida 59 kişi halok böldi, 500 dan köproq odam jarohat oldi. Qotilning özi ham ölgan.