Internetda Las-Vegasda 1 oktabr oqşomida musiqa festivali vaqtida amalga oşirilgan ommaviy qotillikda qöllangan avtomat qurollarning suratlari namoyiş etildi. Bostondagi 25News telekanali xunrezlikni amalga oşirgan 64 yoşli Stiven Peddokning xonasidagi qurollarni suratga olgan.


Şuningdek, Twitter ijtimoiy tarmoğida Mandalay Bay kazinosi oldidagi maydonda Peddok tomonidan otib taşlangan kişilar surati e'lon qilingan. Suratda yordam kutayotgan jabrlanuvçilarni ham köriş mumkin.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, 64 yoşli amerikalik pensioner Stiven Peddok tomonidan sodir etilgan uşbu hujum oqibatida halok bölganlar soni 59 nafar, jabrlanuvçilar soni esa 500dan oşgan. Bu AQŞ tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik böldi.











