Oq uydagi brifingda Oq uy vakili Sara Sanders yaqin orada qurolni erkin sotiş haqida bahs-munozara albatta bölişini, biroq hozir Las-Vegasdagi qurbonlar haqida öylaş kerakligini aytdi.
"Hozir siyosiy bahslar vaqti emas. Hozir qurbonlar haqida öylaş lozim. AQŞda qurolni erkin sotiş böyiça bahs yaqin kunlarda bölib ötadi va biz bu haqda köproq bilib olamiz", deb aytgan Sanders.
Las-Vegasdagi otişma mahalliy vaqt bilan 1 oktabr keçki vaqt musiqa festivali vaqtida sodir etilgan. Otişmani sodir etgan 64 yoşli Stiven Peddok qölidan 50 dan köproq odam halok bölgan, 400 dan köproq odam jarohat olgan. Bosqinçining özi ham ölgan. Uşbu fojia AQŞda eng köp qurbonlarga olib kelgan otişma böldi.












