Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud 4 oktabrda Rossiyaga davlat taşrifi bilan keldi. Qirolning samolyoti "Vnukovo-2" aeroportiga qöngan. 

Rossiya prezidenti topşiriğiga köra, qirolni Rossiya boş vaziri örinbosari Dmitriy Rogozin, prezidentning Yaqin Şarq va Afrika davlatlari böyiça maxsus vakili, taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Bogdanov va Saudiya Arabistonining Moskvadagi elçisi Abdurahmon ar-Rossiy kutib olganlar.

Ol Saudning Rossiyaga taşrifining ilk kuni 5 oktabrda uning Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borişi belgilangan. Yetakçilar savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça birgalikdagi qadamlarni körib çiqişadi. Şuningdek, energetika, infratuzilmaviy quriliş, yuqori texnologiyalar sohasi va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida qöşma hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.

Foto: RIA "Novosti"

6 oktabrda qirol Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan uçraşadi.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning aytişiça, Ol Saudning taşrifi Yaqin Şarqdagi vaziyatning barqarorlaşişiga yordam beradi.  

Saudiya qirolining taşrifi davomida investitsion forum bölib ötadi. Unda 200 dan köproq kompaniya iştirok etadi. 

Bundan taşqari, Moskvada 2-8 oktabr kunlari Saudiya Arabistoni madaniyat haftaligi bölib ötmoqda. Tadbirlar dasturi körgazma, saudiya filmlarining namoyişi, milliy ansambl çiqişi hamda milliy taomlar taqdimotini öz içiga olgan.