AQŞ 20 yil avval Sudanga qarşi kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilişga qaror qildi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidagi rasmiy şaxslar ma'lum qildilar.
Biroq şu bilan birga Sudan AQŞ davlat departamenti tomonidan tuzilgan, terrorçilikni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatida qoladi. Bundan taşqari, Darfur viloyatidagi zöravonliklar sababli Sudan hukumatiga qarşi kiritilgan jazolovçi çoralarning bir qismi saqlanib qoladi.
Oq uy Sudan hukumatining terrorçilikka qarşi kuraş va inson huquqlariga amal qiliş kabi sohalarda rivojlanişga erişayotganidan qoniqiş bildirgan.
"Biz şuningdek Sudan hukumati tomondan mamlakatning mojaroli hududlarida öt oçişni töxtatiş tartibini saqlaş böyiça ijobiy harakatlar amalga oşirilayotgani, Sudanning butun hududi böylab gumanitar yordamga yöl oçiqligi va AQŞ bilan hududiy nizolarni hal qiliş böyiça hamkorlik davom etayotganini qayd qilib ötamiz", deb aytilgan Oq uyda.
Şu bilan birga AQŞ bu "taraqqiyot sönmasligi" uçun Xartumga qarşi bosim ötkaziş davom etişidan ogohlantirdi. "Sudan bir neça marotaba AQŞ bilan yaxşi munosabatlarga qaytiş istagini bildirgan va endi unda bunday imkoniyat paydo böldi. AQŞ Sudan bilan munosabatlarning yaxşilanişiga qaratilgan sa'y-harakatlarni amalga oşiradi", deyilgan xabarda.












