“Temir Jumaqodirov mening sevimli şogirdlarimdan biri, u 38 yoşda edi. U men mamlakat rahbarlaridan biri sifatida körgan odamlardan edi", - dedi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun davlat mukofotlarini topşiriş marosimida.

Ta'kidlab ötiş lozimki, boş vazir örinbosari Temir Jumaqodirov saylov uçastkalari tayyorligini tekşiriş maqsadida Talasga ketayotganda yöl-transport hodisasiga uçrab, halok böldi. "Qarama-qarşi yönalişga nimagadir KamAZ çiqib ketgan", - deya xabar bergan prezident.

"Yangi prezidentning saylovlariga faqat bir hafta qoldi, hamda men bu mavzuni çetlab öta olmayman. Hukumat nopok saylovlar ötkazmoqçi ekani haqida köplab ğiybatlar tarqamoqda. Mening köplab döstlarim halol saylovlar ötkazilişi uçun harakat qilib jabrlandi, ba'zilari halok böldi... Agarda men Temir Jumaqodirov kabi halok bölmasam, hamma bilan işni biryoqli qilaman, lekin saylovlar adolatli böladi", - dedi Almazbek Atamboyev. 

“Bizga avvalgi davrlar, mamlakatimizda yana qon tökilişi kerakmi yoki yöqmi, şu haqda öylang”, - deya saylovçilarga çaqiriq bilan çiqqan Atamboyev.

"Biz bugun qöşnilarimizdan deyarli ötib ketdik, hamda yaqin yillar içida bizga hasad qilişadi. Hatto bugun ham hasad qilişmoqda. Çunki asosiy narsa - adolatdir. Odamlar har qanday qiyinçiliklarni boşdan keçirişlari mumkin, ammo adolatsizlikka çiday olişmaydi. Bugun fuqarolarimizning taqdiri özlarining qölida - ular qanday ovoz berişsa, şuni olişadi, keyin sizni aldaşgani haqida gapirib yurmang", - dedi u. 

"Bir paytlar qişloğimizdagi bir qiz homilador bölib qolgandi. Buvasi kulol edi, men esa uning nabirasi bilan döst edim, hamda u şunday derdi: bizning davrimizda qizlar bir sinflik ham ta'limga emasdi, ammo heç kim aldanmagan, heç kim homilador bölmagan. Endi esa maktabni ham, universitetni ham tugatişib, bizni aldaşdi. Nimadir qilişdan avval öylab köring. Qirğizistonning barça fuqarolarida kamida örta ma'lumot bor. Keyin esa: "Mana, çiroyli közlarga aldanib qoldik”, - deysizlar. Sizga ön sinflik ta'lim unda nega kerak?!" – deya qöşimça qilib ötgan Almazbek Atamboyev. 

“Öylaşimça, Qirğiziston xalqi 15 oktabrda normal prezidentni tanlaydi”, - degan u.

"Men uçun eng asosiy mezon - yangi prezident mamlakatni şu yöl bilan boşqarişi, xalqni amalga oşmaydigan va'dalar bilan aldamasligi, halol va munosib bölişi. Mamlakatdagi asosiy narsa - tinçlik va barqarorlik, odamlar boy hayot keçirişi ekanini tuşunişidir. Xalq boy bölişi kerak", - dedi prezident.