Pokistonning Mastung tumanidagi Daşt hududida avtobusning furgon bilan töqnaşib ketişi oqibatida kamida 14 kişi halok bölgan, 30 kişi jarohatlangan. Bu haqda Geo TV telekanali qutqaruv xizmatidagi manbalariga asoslangan holda. 

Fojia Belujiston viloyatining ğarbida röy bergan. Yölovçi avtobusi viloyatning ma'muriy markazi Kvetta şahridan janubi-şarqdagi Sibiga kelayotganda furgonga urilib ketgan. 

Furgonda asosan dam olişga ketayotgan yoşlar bölgan, deb xabar qilgan mahalliy hokimiyat. 

Ikki transport vositasida bölgan yölovçilarning aniq soni hamda YTH sababiga  telekanal oydinlik kiritmagan.