Rossiyaning nufuzi jihatdan ikkinçi ligasi sanalgan PFL musobaqalari doirasida Vladimirning «Torpedo» va Ivanovoning «Tekstilşçik» jamoalari uçraşuvini şarhlab borgan mezbonlar jamoasi matbuot kotibi Vladimir Nikolskiy hakamning qarorlarini öta yuqori ehtiros bilan qabul qildi va şundan söng öyinni şarhlaşdan boş tortdi. Mazkur vaziyatda olingan video YouTube videohostingga joylaştirildi.

Şarhlovçining bunday ehtiros bilan şarhlaşiga 65-daqiqada hakam «Tekstilşçik» darvozasi tomon penalti belgilamagani sabab bölgan. Aslida darvozabon raqibni jarima maydoni içida yiqitgan, biroq hakam qoida jarima maydoni taşqarisida buzilgan deb hisoblab, faqatgina jarima zarbasi belgilaydi.

Jarima zarbasi ijro etilganidan keyin töp himoyaçining qöliga tegadi va hakam ikkinçi marta ham penalti belgilaşga jazm etmaydi.

«Bu Rossiya futboli uçun şarmandalik, buning uçun meni jazolaşingiz mumkin. Yaxşisi öyinni şarhsiz köring, xayr», — deya Nikolskiy muxlislar bilan xayrlaşib şarhni töxtatgan.

Uçraşuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgan.