Moskva klubi rasmiy sayti xabariga köra, Özbekiston olimpiya va milliy jamoasining 21 yoşli vingeri bilan 3 yillik şartnoma imzolangan. Transfer summasi haqida ma’lum qilinmagan.
Erkinov hozirgi kunga qadar «Paxtakor», «Qöqon-1912» va OKMK klublarida töp surgan.
Avvalroq, «Paxtakor» yarimhimoyaçisi Superliga 1-davrasidan keyin jamoa bilan xayrlaşganini Instagram'dagi sahifasi orqali ma’lum qilgandi.
Eslatib ötamiz, bungaça «Paxtakor» Sardor Raşidovni Qatar klubiga transfer qilgan, bolgariyalik himoyaçisi Kamen Xadjiyev bilan xayrlaşgan edi.
Ma’lumot uçun, Aleksandr Borodyuk murabbiyligidagi «Torpedo» klubi ötgan mavsum Rossiya quyi ligasi FNLda iştirok etib, 1-örin bilan Rossiya Premer-ligasiga yöllanma oldi. Moskva klubi «Spartak» a’zosi Oston Örunovga ham qiziqiş bildirmoqda.












