Özbekistonning Namangan viloyatida aralaş töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqarişni taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 oktabrda «Töqimaçilik sanoatining xom-aşyo bazasini diversifikatsiya qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatga köra, loyihaning qiymati 92 million dollarni taşkil etadi. «Namangan şarbati» qöşma korxonasi, Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Özbekengilsanoat» AJ loyiha taşabbusi bilan çiqqan.
Yangi korxona 2018 yilda işga tuşiriladi. Korxona yiliga 10 ming tonna poliefir tolasi, 10 ming tonna poliefir ipi, 20 million metr aralaş mato, 7 ming tonna aralaş mato va 6 million dona tayyor aralaş töqimaçilik mahsulotini işlab çiqaradi.
Loyiha «Namangan şarbati» QKning 30 mln. AQŞ dollari miqdoridagi öz mablağlari hisobidan hamda Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining 62 mln. AQŞ dollari miqdoridagi krediti hisobidan moliyalaştiriladi.
Özbekiston rahbari «Namangan şarbati» qöşma korxonasiga bir qator soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.











