BMT boş kotibi Antoniu Guterreş 10 oktabrda nişonlanuvçi Butunjahon ölim jazosiga qarşi kuraş kuni munosabati bilan ölim jazosi ijro etilişi böyiça jahon statistikasini keltirib ötdi. Uning aytişiça, bu jazo çorasi eng köp miqdorda Eron, Saudiya Arabistoni, Iroq va Pokistonda ijro etilar ekan. Bu davlatlarda taşkilotga ma'lum bölgan barça qatl etişlarning 87 foizi ijro etilgan. Şu bilan birga Xitoyda ham köp sonda qatllar amalga oşiriladi, biroq bu borada BMTda aniq ma'lumotlar yöq. 

Şu bilan birga, 170 ta davlat ölim jazosidan voz keçgan.

2016 yilda 2015 yilga nisbatan qatllar miqdori 37 foizga kamaygan. Boş kotib bunday "vahşiy usullar"dan voz keçişga çaqirdi. Uning ta'kidlaşiça, ölim jazosi jinoyatlarning oldini olişga yordam bermaydi va unga 21-asrda örin yöq. Biroq BMTda terrorçilik bilan boğliq holatlarda ölim jazosiga taqiqlov qayta körib çiqilayotgani tendensiyasi kuzatilayotgani qayd qilindi.

Guterreş, şuningdek, ölim jazosi amaliyoti köpinça oçiq-oydin olib borilmasligini ma'lum qildi. Uning ta'kidlaşiça, ba'zi davlatlar hukumatlari kim va qanday sabablarga köra ölim jazosiga mahkum qilingani haqidagi ma'lumotni hattoki qatl  etilganlarning oilalaridan sir tutgan holda oşkor etmaydilar. Şuningdek, ölim jazosini ijro etişda qöllanadigan vositalarni taqdim qiluvçi kompaniyalar nomlari ham ular yomonotliq bölmasliklari maqsadida taqdim qilinmaydi. 

"Oçiq-oydinlikning yöqligi ölim jazosiga mahkum qilinayotganlar va ularning oilalariga hurmatsizlikni namoyiş qiladi", deb aytgan BMT boş kotibi. 

Ayni vaqtda AQŞ ğarb davlatlaridan jinoyatçilarga nisbatan ölim jazosi qöllanadigan yagona davlat bölib qolmoqda. AQŞning 50 ta ştatidan 31 tasida ölim jazosi qöllanib kelinadi. AQŞda 1976 yildan to şu kungaça 1,4 mingdan köproq jinoyatçi qatl etilgan.