Hafta oxirida terma jamoalar örtasidagi uçraşuvlar tugab, yana Yevropa milliy çempionatlari öyinlariga start beriladi. «Tribuna.Uz» orziqib kutilgan öyinlarning eng saralari haqida töxtalib ötadi.

«LION» – «MONAKO»
13 oktabr. 23:45

Klublar futbolini soğinib qolganlar, ertagaça sabr yetmasa, mana şu öyindan «çigalyozdi» qilişlari mumkin.

Mavsumni juda kuçli boşlagan «Lion» sönggi 3 turda ğalaba qozona olmadi. Raqiblarning «Dijon» va «Anjye» bölganini ham e'tiborga olsak, terma jamoalar bilan boğliq tanaffus lionliklar uçun ayni muddao bölişi kerak.

Yozda bir neçta yetakçi futbolçilaridan ayrilgan bölişiga qaramasdan, «Monako» «PSJ»ni ta'qib qilişda davom etmoqda. Albatta, allaqaçon 12 gol urişning uddasidan çiqqan Radamel Falkaoning ayni paytdagi sport formasi ham muhim, u çorşanba kuni Peruga qarşi hal qiluvçi bahsda iştirok etdi. Mas'uliyatli uçraşuv, uzoq parvoz uning öyiniga ta'sir qilişi ham mumkin. Afsuski, bunday vaziyatlarda hujumçining örnini bosişi kerak bölgan Stefan Yovetiç ham jarohatlangan.

Raqiblarning aprel oyida Lionda bölib ötgan uçraşuvida mehmonlar 2:1 hisobida ustun kelgandi.

«LIVeRPUL» – «MANÇeSTeR YuNAYTeD»
14 oktabr. 16:30

Mavsumni kötarinki ruhda boşlab, hamşaharlari bilan birgalikda APLni boşqarib turgan «Mançester Yunayted» uçun haqiqiy sinovlar endi boşlanmoqda. Mourino şogirdlari barça musobaqalarda oxirgi 6 öyinni ğalaba bilan yakunlaşdi, bu ğalabalarning 5tasi yirik hisobda bölgani e'tiborga molik. Ammo joriy mavsumda birinçi marta Top-6 dagi raqib bilan töqnaş kelmoqda.

«Liverpul» esa «Arsenal» ustidan qozonilgan yirik ğalabadan keyin katta iddaoni örtaga taşlagandi. Lekin keyingi öyinlar omadsiz keçdi, Klopp şogirdlari keyingi 4 uçraşuvda atigi bir marta ğalaba naşidasini surdilar xolos. Yana bir e'tiborga molik jihat, «Liverpul» Devid Moyyes davridan buyon, aniqroği, sönggi uç mavsumda APL doirasidagi öyinlarda «MYu» ustidan ğalaba qozona olmayapti.

Tarkib masalasida jamoalarda yetarliça muammolar paydo böldi: Terma jamoalardagi öyinlarda «Liverpul»ning yetakçi hujumçisi Sadio Mane safdan çiqqan bölsa, «MYu» Pogbaning yöqligini bilintirmay turgan Fellaynidan mahrum böldi. Qiziği, bu jarohatlar klublarning bu öyinda urğulaşi kerak bölgan jihatlarni aks ettiradi: Mane – tezkor hujumlar, Fellayni – maydon markazini himoyalaş. Natijada murabbiylar boşqaçaroq yönalişga murojaat qilişga majburlar va bu yanada qiziqroq, şunday emasmi?

«YuVeNTUS» – «LATsIO»
14 oktabr. 21:00

A Seriyaning bugungi kundagi eng kuçli olti jamoasi şu hafta uçta juftlik hosil qilib, özaro kuç sinaşadi. Bu öyinlardan birinçisi Turin va Rim töqnaşuvidir.

Uşbu mavsum avvalgilardan biroz farqli bölişi kutilmoqda, çunki «Napoli» klubi nihoyat «Yuventus» bilan uzun masofada ham kuraşib körişga bel boğlagani sezilib turibdi. Demak «Yuventus» bu safar raqiblarini oldinga ötkazib yubora olmaydi, har bir öyinda ğalaba qozoniş şart.

Raqib bölmiş «Latsio» esa bu vazifani qiyinlaştiriş uçun yaxşi nomzod. Rimliklar 2010 yildan buyon A Seriyada «Yuventus» bilan atigi ikki marta durangga erişib, qolgan öyinlarni boy bergan bölsa-da, jamoalarning sönggi öyinida, Italiya Superkubogi uçun bahsda ğalaba qozonişning uddasidan çiqqandi. A Seriyada ham Indzagi şogirdlari yaxşi ketişyapti – sönggi ikki öyinda yirik ğalaba qozonildi va 9 gol urildi.

Bundan taşqari, bu öyinda mavsum töpurarlari ham raqobatlaşadilar: Paolo Dibala (10) va Çiro Immobile (9) hozirça A Seriya töpurarlari bahsida karvonboşi bölib turişibdi.

«BORUSSIYa» DORTMUND – «RB LeYPTsIG»
14 oktabr. 21:30

Ikki frontda kuraşiş uçun hozirça «Leyptsig»ning tajribasi yetmayotgan bölsa-da, Bundesligada jamoa hali ham kuçli klub. Dortmundiklar esa, aynan tartibli harakat qiladigan jamoalarga qarşi qiyinçilikka duç kelmoqda. Oxirgi turda «Ausburg» bilan öyindagi tösqinliklar, «Frayburg» bilan durang ham bunga yorqin misol.

Peter Bos şogirdlari 5 oçkolik farq bilan «Bavariya»dan oldinda bormoqda. Raqib frontidagi mavhumliklar, murabbiylik postidagi özgarişlar davrida imkon qadar barqaror öynab, bu farqni yanada oşirib oliş çempionlik unvoni uçun juda muhimdir.

«ATLeTIKO» – «BARSeLONA»
14 oktabr. 23:45

Yoz böyi hamma «Barselona»ning muammolari haqida gapirgandi. Lekin Neymarsiz qolgan barselonaliklar hozirça heç qanday raqibni sezişmayapti va qatorasiga yetti öyinda ğalaba qozonib ulgurişdi. Navbatdagi palla esa, yanada qiyinroq, keyingi tanaffusgaça Valverde şogirdlari «Atletiko», «Atletik» va «Sevilya» kabi kuçli jamoalarga qarşi maydonga tuşişlariga töğri keladi.

«Atletiko» avvalgi haybatidan uzoqroqdek körinayotgan bölsa-da, hozirça mağlubiyatga uçraganlari yöq. Demak bu uçraşuvda yo «Barselona» oçko yöqotadi yoki «Atletiko» mağlubiyatga uçraydi, ya'ni an'analardan biri öz poyoniga yetadi.

«ROMA» – «NAPOLI»
14 oktabr. 23:45

A Seriyadagi bahslar içida aynan mana şu uçraşuv tomoşabopligi bilan ajralib tursa kerak. Bu jamoalar uçun hujumkor futbol yangilik emas, ammo aynan uşbu mavsumda hujumkorlik bilan bir qatorda, natijalardagi barqarorlik ham yuzaga keldi.

«Napoli» hozirça yöqotişsiz bormoqda, «Roma» esa sentabr oyini juda kuçli ötkazdi – «Atletiko» bilan durangni aytmasa, boşqa hamma öyinda ğalaba qozondi.

Şu örinda yana bir jihat, bu öyindan 2-3 kun ötib, har ikki jamoani ham Yevropa Çempionlar Ligasida juda muhim uçraşuvlar kutib turibdi. «Napoli» «Mançester Siti» bilan «Roma» esa, «Çelsi» bilan öynaydi – öziga xos Italiya va Angliya dueli.

«BORDO» – «NANT»
15 oktabr. 18:00.

Bir qaraşda, Fransiya çempionati örtamiyonalari, ammo agar Liga 1 ni yaqindan kuzatayotgan bölsangiz, juda qiziq uçraşuv.

Klaudio Ranerining «Nant»i mavsumni ikki mağlubiyat bilan boşlagandi, lekin keyinçalik, murabbiy va futbolçilar örtasidagi boğlam işlay boşladimi yoki boşqa sababmi, xullas «Nant» eski «Lester»ning rejimiga tuşib oldi – sönggi 6 öyinda 5 ğalaba va 1 durang. Bu öyinlarning 5tasida «Nant» gol ötkazmadi, 4 öyin 1:0 hisobida tugadi. Taniş manzara, şunday emasmi? Natijada «Nant» hozir 4-örinda bormoqda va peşqadamlar guruhidan u qadar uzoqda emas.

«Bordo» ham agar, «PSJ»dan yirik mağlubiyatga uçraşni odatiy hol deb qabul qilsak, mavsumni bir tekisda ötkazmoqda. Jamoa faqat öşa Parijdan mağlubiyatga uçragan xolos, «Nant» bilan izma-iz bormoqda.

Ya'ni bemalol öyinni 6 oçkolik bahs deyiş mumkin. Şuningdek, bir-biriga öxşamaydigan ikki xil maktab, ikki xil uslub töqnaşuvi.

«INTeR» – «MILAN»
15 oktabr. 23:45

Har qanday holatda ham, bu derbini ötkazib yuboriş kerak emas. Töğri, sönggi yillarda bu jamoalar nafaqat çempionlik, balki Çempionlar Ligasi örinlari uçun kuraşdan ham çiqib ketişgan. Bu endi, endi oddiy holga aylanib borayotgandi hamki, xitoyliklar çiday olmadilar. Osiyolik biznesmenlar Milan superklublarini avvalgi mavqelarini tiklaşga bel boğlagan.

Şakllaniş borasida «Inter» biroz avvalroq yölga çiqqan, balki turnir jadvalida yuqoriroq joylaşganining sababi şundadir. Lekin bu öz nomi bilan Milan derbisi, jamoalar tarkibidagi yangi futbolçilar balki iştirokçi sifatida bu muhitni anglamaslar, şunday bölsa-da, stadiondagi muhit tezda öyinning odatiy emasligini his qildira oladi, bu aniq.  

Va yana «Atletik» – «Sevilya» (16:00,) «Mançester Siti» – «Stok Siti»  (14 oktabr, 19:00), «Hetafe» – «Real» (14 oktabr, 19:15), «Uotford» – «Arsenal» (14 oktabr, 21:30).