Ijtimoiy tarmoqlarda Möğuliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulganing piyodalar ötiş yölagida öz kortejini töxtatgani hamda piyodalarni ötkazib yuborgani tasvirlangan foto paydo böldi. Uşbu harakat möğulistonlik köplab fuqarolarning e'tirofiga sabab böldi.

«Ulan-Batorda yozilmagan qonun mavjud - mamlakatdagi eng yuqori mansabdor şaxslari kortejlarini ötkazib yuboriş. Aftidan, X.Battulga qoidani özgartirişga qaror qildi», - deya ta'kidlaydi ARD naşri.

Bundan oldin Battulga mamlakat parlamenti raisi va boş vazirning haşamatli uyi yonidagi qarorgohida yaşaşdan voz keçgani xabar berilgandi.

Battulga Markaziy poçta qarşisidagi kiçik uyga joylaşişga qaror qildi, u yerda qaçonlardir Möğuliston rahbari Yumjagiyn Tsedenbalning qişki xonadoni bölgan. Davlat rahbari iş joyiga ham piyoda boradi, u taxminan 400 metr masofani bosib ötadi.