«Qarindoşimning farzandi bu yil birinçi sinfga bordi. Uning öqişlarini özimça imtihon qilarkanman, navbatdagi jumboqni yeça olmay qoldim. Birinçi sinflar uçun berilgan kitoblarning birida «1-sentyabr», birida esa «1-sentabr» deb yozilgan. Aniqroği, «Alifbe» kitobining 3-betida «1-sentabr», «Odobnoma» kitobining xuddi şu sahifasida «1-sentyabr» deb yozilgan. Zukko öquvçilarimizni sinab körişgan-da, aftidan.
Biz maktabda öqiganimizda lotinçada «sentabr», kirillçada «sentabr» yoziladi, deb örgatişgandi. Bizga notöğri örgatişganmi yoki endi notöğri örgatişyaptimi, oçiği, bilmay qoldim. Men uşbu jumboqning javobini tezgina aniqlab, yoş öquvçiga töğrisi qaysiligini aytişim mumkin. Muammo şundaki, biri «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat milliy naşriyotida, yana biri «Ma'naviyat» naşriyotida çop etilgan bu kitoblarni 572.416 nafar bola öqiydi. Xöş, 572.416 nafar öquvçiga sinoat sirini kim tuşuntiradi? Öqituvçisi «Bu kitoblarga işonmanglar, bolajonlar, aslida mana bunday yoziladi», deydimi?
Xullas, şularni öylab tahririyatga xat yuborişga qaror qildim», deb yozadi «Zarafşon» gazetasi muştariylaridan biri tahririyatga yöllagan öz xatida.
Xatga javoban mutaxassis fikri ham keltirilgan. SamDU ilmiy kengaşi kotibi, dotsent Mardon Boltayevga köra, bundan bir neça yil oldin çop etilgan, 85.000 sözdan iborat «Özbek tilining izohli luğati»da berilgan birgina xato bugun ana şunday köplab tuşunmovçiliklarga sabab bölib kelmoqda. Öşa kitobda «sentabr» va «oktabr» sözlari lotinça imloda qoidaga xilof ravişda «sentyabr» va «oktyabr» deb berilgan edi.
1993 yil 2 sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Uşbu qonunga asosan, 1995 yil 24 avgustda «Özbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlaş haqida» Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi. Uşbu hujjatga köra, «sentabr» sözi lotinça imlomizda «sentabr» deb, «oktabr» esa «oktabr» körinişida yoziladi. Bu borada heç qanday muhokamaga örin yöq. Biror bir hujjatda lotin tiliga asoslangan özbek alifbosida bu söz sentyabr yo oktyabr tarzida yozilişi körsatilmagan.








