Toşkent şahar Yunusobod tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan turmuş örtoğiga tan-jarohati yetkazgan şaxs qölga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi xabar berdi.
Yunusobod tumanida 25 sentabr kuni soat 00.15da, Yunusobod 17-3-uyda yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan N.D. özaro janjal oqibatida, turmuş örtoği, Yunusobod 8-19-uyda yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan, uy bekasi I.X.ni qöllari bilan yuziga va boşiga urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlandi va u qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqaro N.D.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Şuningdek, Yunusobod tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan şaxs qölga olingan.
Yunusobod tumanida 11 oktabr kuni, 1983 yilda tuğilgan, muqaddam 2016 yilda Özbekiston Respublikasi JKning 226 m., 169 m. bilan sudlangan, Maşinasozlar köçasi 1-uyda yaşovçi A.R.ga nisbatan joriy yilning 14 avgust kuni Yunusobod tumani sudi tomonidan ma'muriy nazorat örnatilgan bölib, öziga kerakli xulosa çiqarmasdan, 23 sentabr kuni yaşaş manzili böyiça tekşirilganda, öz uyida sababsiz bölmasdan, ma'muriy nazorat qoidalarini buzgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqaro A.R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.












