AQŞ davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo işlari böyiça birinçi örinbosari Jonatan Koen boşçiligidagi davlat departamentining delegatsiyasi Turkiyaga Anqara va Vaşington örtasidagi vizalar beriş bilan boğliq muammoni muhokama qilgani keldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, AQŞ vakillari 17 oktabrda Turkiya içki işlar vaziri örinbosari Axmet Muxtor Gun boşçiligidagi turk delegatsiyasi bilan muzokaralar ötkazişadi.
AQŞning Turkiyadagi elçixonasi 8 oktabrda AQŞning Istanbuldagi boş konsulligi xodimi Metin Topuzning hibsga olinişiga javoban turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berilişi töxtatilişini e'lon qilgan. Turkiyaning AQŞdagi elçixonasi bunga xuddi şunday çoralar bilan javob bergan, ya'ni AQŞ fuqarolariga vizalar berişni töxtatgan.












