Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Qozoğistonga olib kirilgan dollar hajmi QRdan olib çiqib ketilgan AQŞ valyutasi miqdoridan ança oşdi. Ötgan yilda esa sönggi beş yil içidagi rekord mablağ olib çiqib ketilgandi – 940 mln. dollar. Joriy yilning sakkiz oyi davomida olib çiqilgan mablağ 90,4 foizga kamayib, 90,1 mln. dollarni taşkil etdi, deya xabar bermoqda Ranking.kz agentligi.
Qozoğistonga 1,8 milliard dollar olib kirildi, bu ötgan yilga nisbatan 2,6 barobar köpdir.
Agentlik ma'lumotlariga köra, yevro ham olib kirilgan valyutalar örtasida ösişni qayd etdi - yil boşidan avgustgaça Qozoğistonga 182,3 mln. yevro olib kirildi, bu 2016 yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 65,1 foizga köpdir.
Ammo yevro ötgan yilga qaraganda respublikadan taşqariga kamroq olib çiqib ketildi – atigi 15,5 mln. yevro. 2016 yilda esa sönggi beş yildagi eng maksimal miqdor qayd etilgandi – 97,3 mln. yevro.












