Ozarboyjon Taşqi işlar vaziri Elmar Mammadiyorov va Gruziya Taşqi işlar vaziri Mixail Janelidze iştirok etgan qöşma matbuot anjumanida xabar qilinişiça, joriy yilning 30 oktabr kuni Boku-Tbilisi-Kars yönalişidagi temir yöl qatnovining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötadi.
2007 yil Turkiya, Ozarboyjon va Gruziya rasmiy doiralarining kelişuvidan söng uşbu loyiha böyiça quriliş işlari boşlangandi. 826 km uzunlikdagi mazkur temir yöl platformasi Gruziya orqali Ozarboyjon va Turkiya mamlakatlarini boğlab turadi. Qolaversa, umumiy infratuzilma şakliga e'tibor qilinsa, mazkur yönaliş böyiça Xitoydan Yevropaga qadar yölovçi va yuk taşiş imkoniyati paydo böladi. Dastlabki ma'lumotlarda temir yöldan yiliga 1 million yölovçi va 6,5 million tonna yuk taşib ötiş mumkinligi ta'kidlangan bölsa, endilikda BTK yönalişi 2023 yilga qadar 17 million tonna yuk taşiş quvvatiga ega bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Turkiya Transport vaziri Ahmad Arslanning aytişiça, uşbu loyiha mintaqadagi barça turkiy xalqlarni birlaştiriş qudratiga ega. Qozoğistonning Aktau şahri çegarasidan Turkmanboşi şahriga qadar çözilgan temir yöl keyinçalik, Bokuga ulanib ketişi mumkin.
Bunday vaziyat dengizga çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan Özbekiston uçun Yevropaga çiqişning eng qisqa yöli paydo bölişi mumkin. Şu masala yuzasidan Özbekistonning temir yöl loyihasida iştirok etişi amaliy harakatlari ilk bor 2016 yil 17 oktabrda kuzatildi. Unda Ozarboyjon Taşqi işlar vaziri Elmar Mammadiyorov Toşkentga taşrif buyurib, hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan BTK loyihasi ustida fikr almaşgandi. Şundan söng, joriy yilning 18 mart kuni Toşkentda Özbekiston, Gruziya va Ozarboyjon temir yöl tarmoqlari rahbarlarining uçraşuvi ötkazildi.
Özbekistonning mazkur loyihada iştirok etişi Navoiy-Turkmanboşi temir yöl loyihasining muvaffaqiyatli tugatilişiga boğliq. Yerosti va usti tabiiy boyliklari bilan Özbekistonning tom ma'nodagi sanoat poytaxtiga aylanib borayotgan Navoiy viloyati Turkmanboşi portiga qadar yuk taşuvini amalga oşirişi uçun temir loyihasining sifatli va tezroq tugatilişiga zarurat bor. Keyingi bosqiçda özbek mahsulotlari Turkmanboşi portidan Bokudagi Olot portiga kelib tuşişi, söngra BTK yönalişida Turkiyaga yetib borişi kutilmoqda.
Navoiy-Turkmanboşi temir yöl loyihasini amalga oşiriş uçun Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov 2012 yil Aşxobodga taşrif buyurgandi. Ayni paytda amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakatning eksport salohiyatini oşirişga harakat qilayotgan ekan, öylaşimizça, özbek mahsulotini Yevropaga yetkazişda BTK yönalişi eng optimal tanlovlardan biri bölib qolaveradi.











