Boku şahriga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşdi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarboyjon yetakçisini Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşga raisligi muvaffaqiyatli keçayotgani hamda uning yettinçi sammiti yuqori saviyada taşkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.

Şu yilning avgust oyida Ozarboyjon prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş orqali Özbekiston – Ozarboyjon strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Barça darajalarda samarali aloqalar yölga qöyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boşidan buyon özaro tovar ayirboşlaş hajmi 30 foizga oşdi. Geologiya, energetika, quriliş, transport, logistika, yengil sanoat, turizm va boşqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi.

Madaniy-gumanitar almaşinuvning tadbirlarga boy dasturi amalga oşirilmoqda.

Özbekiston va Ozarboyjon yetakçilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşib, bölajak tadbirlar rejasini muhokama qildi.