Prezident Şavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş sammiti doirasida Qatar amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uçraşdi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari va köp qirrali amaliy hamkorlik izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sönggi yillarda oliy darajadagi samarali muloqotlar tufayli özaro aloqalar yangi sifat bosqiçiga kötarilgani taʼkidlandi. Bugungi kunda Qatar kompaniyalari bilan energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport, quriliş kabi sohalarda faol işlar olib borilmoqda, joriy yil boşidan buyon investitsiyalar özlaştirilişi sezilarli darajada oşdi.

Şuningdek, jadal rivojlanib borayotgan madaniy-gumanitar aloqalar xalqlarimizni yanada yaqinlaştirişga xizmat qilmoqda.

Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlari ham belgilab olindi. Xususan, dekabr oyida ötadigan Doha forumida Özbekistondan nufuzli delegatsiya iştirok etişi, tadbir doirasida Hukumatlararo qöşma komissiya va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlarini ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Yetakçilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.