Şanxayning Pudun xalqaro aeroportida bojxona xodimlari radioaktiv banknotalarni aniqlaşdi. Yuqori radiatsiyaga ega, umumiy qiymati 10 ming yuanni taşkil qilgan pullar yuk tekşirilayotganda topildi. Bu haqda "Şanxay jibao" naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, voqea 10 oktabrda yuz bergan. Nazorat tizimi toksik modda Ameritsiy-241’ni aniqlagan. Bu moddaning yarim parçalaniş davri 433 yilni taşkil qiladi. Radioaktiv modda inson uçun xavfli bölib, saraton hujayralari paydo bölişiga olib kelişi mumkin.
Pullar yölovçidan musodara qilingan, u hozirça qöyib yuborildi. Ehtimol, erkak xavfli yuk olib ketayotganini bilmagan. Uşbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.











