Şanxayda oila farzandida noodatiy toşma borligi sabab British Airways reysiga çiqarilmadi. Endi oila aviakompaniyadan çipta uçun sarflangan pullar qaytarilişini talab qilmoqda.
Bolaning otasi — Arturning sözlariga köra, aviakompaniya xodimlari uni rafiqasi hamda öğli Jozef bilan birga şifokor körigisiz reysga çiqarişdan boş tortgan. Erkak Jozef soğlom ekani, ammo uni mehmonxonada qandala yoki çivinlar çaqqan bölişi mumkinligini aytgan.
«Bu şunçaki şişgan çaqişlar edi. Röyxatga oliş joyida çaqişlardan qolgan izlarni körib, köplab savollar berişdi va biz ularga Jozefning yeryonğoqqa yengil allergiyasi haqida gapirib berdik», — deydi Artur.
Keyinroq şifokor parvozga çiqarilmaslikka sabab bölgan toşmalar şunçaki haşarotlar çaqişidan qolgan iz ekanini tan olib, uni antigistamin dori vositalari bilan davolaş mumkinligini ta’kidlagan. Ammo British Airways öz qarorini qayta körib çiqişni istamagan.
«Biz yölovçilarimiz xavfsizligi va farovonligiga juda jiddiy qaraymiz, bunday muammolar paydo bölganda esa ularni qöllab-quvvatlaş uçun barça imkoniyatni işga solamiz», — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Endilikda oila British Airways’dan amalga oşmagan reys çiptalari uçun sarflangan 3 ming funt sterling qaytarlişini talab qilmoqda. Aviakompaniya mijozlarga çiptani boşqa reysga band qiliş taklifini bergan, ammo er-xotin oilaviy marosimlari borligi sabab şu kuniyoq boşqa aviakompaniyadan yangi çiptalar xarid qilişga majbur bölgan.

















